Buxoro teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buxoro teatri, Sadriddin Ayniy nomidagi davlat musiqali drama va komediya teatri — toʻngʻich oʻzbek professional teatrlaridan. 1921-yil F. Xujayev tashabbusi bilan havaskorlar guruhi asosida tashkil qilinib, 1922-yil "Tuhmatchilar jazosi" (Hamza) spektakli bilan ochilgan. Ikkinchi spektakli "Turkiston tabibi" (M. Uygʻur, 1923). Tashkilotchisi va badiiy rahbari — Mannon Uygur. h.Latipov, L. Nazrullayev, N. Rahmonov, L. Latipov, S. Tabibullayev, N. Gʻaniyev va boshqa teatrning ilk ijodkorlari boʻlib, teatr taraqqiyotiga katta hissa qoʻshdilar. 1924-yilda teatrning bir guruh aktyorlari Moskvadagi oʻzbek drama studiyasiga oʻqishga yuboriddi. 1930-yilning oxirigacha kichik pesa va konsert dasturlari bilan kifoyalandi. Drama studiyasini tugatgan aktyorlar (B. Xoʻjayev, S. Abdullayev, A. Olimova, B. Jamolov, M. Musayev va boshqalar) qaytgach (1930), teatr tom ma’noda professional teatr maqomiga ega boʻldi. Ular sahnalashtirgan "Isyon" (D. Furmanov va S. Polivanov), "Zoʻraki tabib" (J. Moler), "Qon va suv" (L. Sayfullina) spektakllari teatrning professionallik darajasini yanada mustahkamladi. 1931-yil Ya. Bobojonov badiiy rahbar, Sh. Shorahimov esa bosh rassom etib tayinlandilar. 30-yillarning oʻrtalari teatr ijodiy faoliyatida burilish davri boʻldi. Realizm uslubini chuqur egallash, erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlarni mustahkamlash borasida jiddiy ish olib borildi. Shu ijodiy jarayon davomida oʻzbek dramaturgayasi, rus va chet el mumtoz asarlari aktyorlarning ijro mahoratini oshishida, teatr jamoasining oʻz ijodiy yoʻnalishiga ega boʻlishida muhim rol oʻynadi. 1936-yildan teatr "musiqali drama teatri"ga aylantirildi. Shu yillari teatr jamoasi A. Xoʻjayeva, S. Yarashev, A. Oxunov, N. Ne’matova, A. Atoyev, Z. Soliyeva kabi ijodkorlar bilan boyidi. Urush yillari oʻzbek xalqining mardonavor kurashi aks ettirilgan asarlar sahnalashtirilgan boʻlsa, tinch qurilish davrida repertuar mavzu jihatdan boyidi. Asosiy e’tibor davrning dolzarb muammolariga qaratildi, xalqimizning fidokorona mehnati, axloqiy va ma’naviy goʻzalligi, tinchlik, insonparvarlik gʻoyalariga intilish spektakllarda oʻz ifodasini topdi. "Layli va Majnun" (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier musikasi), "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Sodiqov musiqasi), "Kurbon Umarov" (S. Abdulla, Chustiy; T. Jalilov musiqasi), "Oltin koʻl" (Uygʻun, M. Leviyev musiqasi); "Shohi suzana", "Ogʻriqtishlar" (A. Qahhor), "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Oftobxon" (K. Yashin; X. Toʻxtasinov musiqasi), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Alisher Navoiy" (Uygʻun, I. Sulton), "Imon" (I. Sulton) va boshqa spektakllar saxnalashtirildi. 1958-yil teatrga Sadriddin Ayniy nomi berildi.60—70-yillar teatrning mustaqil repertuar yaratish borasidagi ijodiy izlanishlari oʻz samarasini berdi va

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil