Roziya Karimova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roziya Karimova
Tavalludi 18-mart 1916-yil
Vafoti 14-mart 2011-yil(2011-03-14)
(94 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi SSSR va Oʻzbekiston
Mukofotlari Oʻzbekiston xalq artisti (medali).jpgOrder badge of honor rib.pngEl-urt khurmaty rib.png

Roziya Zaripovna Karimova (1916.18.3, Qozon) — raqqosa, balet artisti, xoreograf, pedagog, olima. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Oʻzbek davlat musiqali teatri qoshidagi teatr studiyasini tugatgan (1932), shu teatr truppasida, 1939—57 yillar Oʻzbek davlat opera va balet teatri (hoz. Navoiy teatri)da yakka raqqosa. 1949-yildan Oʻzbek raqs va xoreografiya oliy bilim yurtida pedagog. 1964-yildan Hamza nomidagi Sanʼatshunoslik institutida katga ilmiy xodim. Spektakllarda lirik va qahramonlik harakteridagi raqslarni ijro etish bilan birga Anorxon ("Oʻrtoqlar"), Asal ("Gulsara"), Osiyo ("Arshin mol olon") kabi dramatik rollar ham ijro etgan. Balet partiyalarida oʻzbek xalq raqsi harakatlarini pantomima bilan uygʻunlashtirishga harakat qilgan. "Gulandom" (Yevgeniy Brusilovskiy), "Oq bilak" (S. Vasilenko), "Esmeralda" (Ch. Puni) baletlarida Gulandom, Oq bilak, Ona; "Boʻron" (M. Ashrafiy, S. Vasilenko), "Karmen" (J. Bize) operalarida Kumushoy, Fraskita balet partiyalarini ijro etgan. 1957—60 yillar Muqimiy teatrida baletmeyster. "Ravshan va Zulxumor", "Nurxon" kabi spektakllarning raqslarini sahnalashtirgan. Oʻzbek raqsiga oid asarlar, uslubiy oʻquv qoʻllanmalari muallifi. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1983). "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. * Tansi ansamblya Baxor, T., 1979; Oʻzbekskiye tansi v postanovkax Isahara Akilova, T., 1987; Urok oʻzbekskogo tansa, T., 1987; Fargʻona raqsi, T., 1992; Tanavor, T., 1993; Doyra zarblariga mashgʻulot, T., 1995.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil