Surenota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

SurenotaGʻarbiy Tyanshan togʻ sistemasiga kiradigan tizma. Toshkent viloyatining shimoli-sharqida. Oqsoqotasoy bilan Parkentsoyning suvayirgʻichi. Oʻrtacha balandligi 1800 m, uz. 13 km. Alp burmalanishida palaxsalanib koʻtarilgan. Paleozoyning granit, porfirit, ohaktoshlaridan tuzilgan. Yozi iliq, iyulning oʻrtacha temperaturasi 23°— 26°, yanvarniki —G, —3°. Yillik yogʻin 600–800 mm. Tizma yon bagʻirlaridan bir qancha soylar oqib tushadi. 1300 m balandlikkacha efemerlar usadi, yuqorirokda (1300–2000 m) siyrak archazorlar uchraydi. Tizmaning yuqori qismi alp oʻtloklaridan iborat. S. yon bagʻirlari yozgi yaylov. Togʻ etaklaridan temir rudasi koni topilgan.