Oqsoqotasoy
Oqsoqotasoy | |
---|---|
Oqsoqotasoy (oʻrta qismida, mayda) | |
Tavsif | |
Uzunligi | 48 |
Havzasi | Chirchiq daryosi/Sirdaryo/ Kichik Orol dengizi/Katta Orol dengizi |
Suv sarfi | 6,14 m³/s (Qoramozor qishlogʻi) |
Suv oqimi | |
Boshlanishi | |
· Boshlanish joyi | Chatqol tizmasi, Tektosh togʻi yaqinida |
· Balandligi | 2 200 m |
Quyilishi | Chirchiq (daryo) |
· Quyilish joyi | Gʻazalkent GESning quyi befi |
· Balandligi | 668 m |
Joylashuvi | |
Davlat | Oʻzbekiston |
Mintaqa | Toshkent viloyati |
Tuman | Boʻstonliq tumani |
Oqsoqotasoy |
Oqsoqotasoy – Toshkent viloyatidagi soy. Chirchiq daryosining yirik chap irmogʻi. Chatqol togʻ tizmasining janubi-gʻarbidan boshlanib, Barraj yaqinida Chirchiqqa quyiladi. Uzunligi 48 km, havzasining maydoni 453 km². Suv yigʻilish maydonining oʻrtacha balandligi 1840 m. Yuqori qismida tor, chuqur vodiydan oqadi. Chirchiq vodiysi tekisligiga chiqiladigan quyi qismida esa daryo vodiysi kengayadi. Eng yirik irmoqlari: Beldorsoy va Nurakotasoy. Qor-yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Toʻlin suv davri aprel—iyunda, eng katta suv sarfi esa may oyida kuzatiladi. Iyul – oktyabrda suvi kamayadi. Oʻrtacha oqim moduli 14 l/ sek. km². Eng koʻp suv sarfi 72,1 m³/sek., eng kam suv sarfi 1,1 m³/sek[1].
Etimologiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Soyning nomi Oqsoqota haqidagi afsonalarga borib taqaladi. Mahalliy hurmatga sazovor avliyo ayni nom bilan tanilgan, uning sharofati bilan daryo moʻjizaviy ravishda paydo boʻlgan[2].
Gidrologik xususiyatlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqsoqotasoyning uzunligi 48 km, havzasi maydoni OʻzMEga koʻra 453 km²[1], V. E. Chub ilmiy ishida aytilishicha, quyi oqimdagi Qoramazor qishlogʻi yuqorisidagi suv havzasi 456 km² ga teng[3]. Qoramazor qishlogʻidan suv havzasining oʻrtacha balandligi 1840 m. Daryo asosan qor va yomgʻirdan toʻyinadi, shuning uchun suv sathi keskin mavsumiy tebranishlarni boshdan kechiradi. Daryoning suv oqimi apreldan iyungacha (ayniqsa, may oylarida) koʻp, suv oqimi 72,1 m³/s ga yetadi, iyuldan oktyabrgacha esa past suv oqimi kuzatilib, 1,1 m³/s gacha kamayadi[1]. Qoramazor qishlogʻi yaqinida oʻlchanadigan oʻrtacha yillik suv oqimi 6,14 m³/s, yillik oqim hajmi 193 mln m³, oʻrtacha oqim moduli 13,6 l/s km², oqim qatlami 427 mm/yil[3], 18 yillik kuzatishlarga (1941—1987) koʻra, suv oqimining oʻzgaruvchanlik koeffitsienti 0,380[4]. Chapdagi Oqsoqotasoy va oʻng tomonidagi Ugom irmogʻi Chirchiqning ikki yirik irmogʻi boʻlib, yil davomida qurib qolmaydigan irmoqlar sanaladi[5].
Daryo oqimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqsoqotasoy Chatqol tizmasining janubi-gʻarbiy qismida Tektosh togʻi yonidagi buloqlardan hosil boʻladigan suv oqimlarining qoʻshilish joyidan boshlanadi. Oqsoqotasoy manbalari va Revashte soyi suvayirgʻichi orasidagi maydon dasht oʻsimliklari oʻsadigan tepaliklardan iborat Oqtaxta Yassitogʻligi deb ataladi[6][7]. Yuqori oqimida tor, chuqur vodiydan[1] oqadi. Dastlab u gʻarbiy oqim yoʻnalishiga ega boʻlib, Charxtov ortidan asta-sekin shimoli-gʻarbga buriladi. Quyi oqimida Chirchiqga quyilgunga qadar toshloq-shagʻalli[8] keng vodiyni[1] hosil qiladi.
Gʻazalkent shahri hududida Parkent kanali bilan kesishadi. Gʻazalkent GESning quyi befida (Chirchiqning oʻng qirgʻogʻida, Baraj temir yoʻl bekati yaqinida) Chirchiqqa quyiladi[1]. Oqsoqotasoyning allyuvial konusida inert (metall boʻlmagan) materiallarni ishlab chiqish va qazib olish davom etmoqda[9].
Daryo sohillarida Tutomgʻali, Qoʻngʻirdek, Shuldak, Olchali, Uchbov, Gʻijal, Chexchim, Qoramazor aholi punktlari joylashgan. Gʻazalkent shahri Gʻalvasoy va Oqsoqotasoy daryolari oraligʻidagi togʻ oldi tekisligida qurilgan[10].
Obodonlashtirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilda sel va vayron qiluvchi suv toshqinlariga qarshi kurash doirasida Oqsotasoy qirgʻoqlarini beton va tosh boʻlaklari yordamida mustahkamlash ishlari amalga oshirilgan. Daryodan oʻtgan koʻpriklar ham taʼmirlangan[11][12].
Arxeologik obyektlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻrta asrlarda Oqsotasoyning ogʻzida, hozirgi Gʻazalkent oʻrnida aniq belgilangan ark, shahriston (markaziy mustahkamlangan qism) va rabod (shahar chekkasi) boʻlgan katta shahar boʻlgan. 10-asr tarixiy manbalarida Gʻozoq yoki Gʻazal nomi bilan tilga olinadi.
Paleontologik topilma
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yilda Oqsoqotasoyning oʻng qirgʻogʻidagi neogen konlarida akula tishlari topilgan (neogen davrida bu hudud dengiz ostida boʻlgan). Topilma Oʻzbekiston Milliy universiteti geologiya fakulteti talabalari tomonidan topilgan[13].
Oqsoqotasoy irmoqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oqsoqotasoyning ayrim irmoqlari (qoʻshilish tartibi boʻyicha sanab oʻtilgan): Karangur (oʻngda), Tekeli (oʻngda), Arpatakti (oʻngda), Qashqasuv (chapda), Kospa (chapda), Qizilbastau (chapda), Nurekatasoy (oʻngda), Arxit (chapda) , Qozoqsay (oʻngda), Beldorsoy (oʻngda), Opashaksay (oʻngda), Shimsasay (oʻngda), Simchasay (oʻngda), Postalisay (chapda). Eng yirik irmoqlari Beldorsoy va Nurakotasoy[1].
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
Oqsoqotasoy (quyi qismida, avgustda)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Eshmirzaeva Z. „Газалкент.“. discoveruzbekistan.com. 2012-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 26-iyul. Zoom Tsentralnaya Aziya, № 4, 2007.
- ↑ 3,0 3,1 Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: "VORIS NASHRIYOT" MChJ, 2007-yil — 92 --bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: "VORIS NASHRIYOT" MChJ, 2007-yil — 93 --bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ Чуб В. Е.. Изменение климата и его влияние на гидрометеорологические процессы, агроклиматические и водные ресурсы Республики Узбекистан (ru). Toshkent: "VORIS NASHRIYOT" MChJ, 2007-yil — 91 --bet. ISBN 978-9943-304-23-9.
- ↑ „Чаткальский заповедник: Кызылнура — Актахта.“. www.orient-tracking.com. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-noyabr. Turizm v Uzbekistane.
- ↑ R. N. Meklenbursev, A. K. Sagitov, D. Yu. Kashkarov, O. V. Mitropolskiy, E. R. Frotter, G. P. Tretyakov, M. M. Ostapenko, A. P. Nazarov. Ptitsi Uzbekistana. Tom 1. – Tashkent: Izdatelstvo „Fan“ Uzbekskoy SSR, 1987. S. 171.
- ↑ Колбинцев А. П.. В горах Чимгана (ru). Toshkent: Oʻzbekiston nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 1984 — 9 --bet.
- ↑ Tashkent. Ensiklopediya / Glavniy redaktor S. K. Ziyadullaev. – Tashkent: „Glavnaya redaksiya UzSE“, 1983. S. 60 (st. „Bostanlikskiy rayon“)
- ↑ История новых социалистических городов Узбекистана (Ташкентская область) / доктор исторических наук Г. Р. Рашидов. Toshkent: FAN, 1976 — 169 --bet.
- ↑ Абулфайз Саидасқаров. „Тезкорлик ва самарадорлик.“ (uz) (deadlink). 2014-yil 19-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-avgust. Toshkent haqiqati, № 18, 02.03.2011
- ↑ Abdulla Fayziev. „Бўстонлиқда ўқув машқи.“ (uz). 2014-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Toshkent haqiqati, № 24, 27.03.2010
- ↑ Obid Qanoat. „Баҳорлар ҳам маҳлиё маскан.“ (uz). 2015-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-avgust. Toshkent haqiqati, № 61, 30.07.2014
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |