Skarnlar
Bu maqolada manbalar <ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. |
Skarnlar (shvedcha: skarn, aynan — loy, chiqindi ) — metasomatik togʻ jinslari. Ohaktoshli magnezialtemirli silikatlar va alyumosilikatlardan tarkib topgan; magmatik togʻ jinslarining yuqori trali kontakt oreoli zonasida karbonatli jinslarning qaynoq magmatogen eritma vositasida magma, intruziv yoki boshqa alyumosilikat jinslar bilan oʻzaro kimyoviy taʼsiri natijasida hosil boʻladi. SaMgFe silikatlari va alyumosilikatlari (diopsidgedenbergit qatorining piroksenlari va grossulyarandradit qatorining granatlari)dan tuzilgan ohaktoshli S. va tarkibida magniyli minerallar (forsterit, diopsid, shpinel, flagopit) boʻlgan magnezial S. farq qilinadi. Ohaktoshli S. ohaktoshlarning alyumosilikat jinslari bilan tutashgan joyida 10–12 km gacha chuqurlikda magmatik bosqichdan keyin hosil boʻladi. Magnezial S. dolomitlarning magma bilan oʻzaro taʼsiri natijasida yoki katta (10–12 km dan ziyod) chuqurlikda magmatik bosqichdan soʻng alyumosilat jinslar bilan tutashgan joyida vujudga keladi. S. koʻpincha kontakt (tutashgan) linzasimon va qatlamsimon yotqiziqlarda, baʼzan karbonat yoki alyumosilikat jinslarda naysimon yoki tomirsimon jinslar shaklida uchraydi; skarn jinslar koʻproq zonal tuzilishga ega. S.da ruda (ayniqsa, temir, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, volfram, molibden va boshqalar) va nometall foydali qazilmalar (flyugopit, boratlar va boshqalar)ning yirik toʻplamlari boʻladi. Shunga koʻra, konlarning alohida turi — skarn konlari farq qilinadi; bunday konlar sanoat ahamiyatiga ega. S. Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistonda keng tarqalgan. Nurota, Zirabuloq, Qoratepa, Chatqol, Qurama togʻlaridagi volfram, molibden, polimetall va temir konlari S. bilan bogʻliq. Xorijda Rossiya Federatsiyasi (Magnitogorsk temir rudasi koni), Qozogʻiston (SokolovSarbay temir rudasi koni), Kavkaz (Tirnauz volframmolibden koni) va boshqa joylarda; noruda konlardan boratlar, flagopit konlari mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |