Source (oʻyin yuritkichi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Source
TuriOʻyin yuritkichi
Ishlab chiquvchiValve
Chiqarilgan sana2004, oktyabr
So‘nggi versiyasiSource Engine 24 (2013)
Qoʻllab-quvvatlanadigan OTWindows
Yozilgan til(lar)iC++
Bogʻlovchi dasturiy taʼminotHavok
Undan oldingi yuritkichGoldSrc
Undan keyingi yuritkichSource 2
LitsenziyaXususiy
Yuritkichdagi birinchi oʻyinHalf-Life: Source[1] (2004)
Yuritkichdagi soʻnggi oʻyinHalf-Life 2 RTX[2][3][4] (ishlab chiqilmoqda)

Source3 oʻlchamli videooʻyin yuritkichi, Valve korporatsiyasi tomonidan GoldSrc yuritkichiga oʻrinbosar oʻlaroq ishlab chiqilgan. Yuritkich ilk bor 2004-yilda Half-Life: Source, Counter-Strike: Source va Half-Life 2 oʻyinlari bilan taqdim etilib, aynan Half-life 2 sababli katta dovruq taratadi[5][6]. Source yuritkichi asosan Valve oʻyinlari bilan tanilgan boʻlsa-da, boshqa studiyalar ham ushbu yuritkich negizida oʻzlarining videooʻyinlarini yaratishgan. Masalan, Troika Gamesʼning Vampire: The Masquerade – Bloodlines oʻyini. Shuningdek, kichik jamoalar va shaxslar ham ushbu yuritkichdan Valve oʻyinlariga modifikatsiyalar yaratishda foydalanishadi[7]. Valve 2004-yilda yuritkich chiqarilganidan keyin unga yangilanishlar qoʻshishda davom etdi. Yangilanishlarning aksariyati Valve tomonidan yaratilgan yangi oʻyinlar bilan birga kelardi. 2010-yillarning oxirlarida Valve Sourceʼni almashtirish uchun Source 2 yuritkichini yaratib, uni Half-Life: Alyx oʻyini bilan ommaga taqdim etdi. Source yuritkichi oʻzidagi fizikasi, SI va grafikasi tufayli mashhurlikka erishdi[8].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Source yuritkichi GoldSrcʼdan kelib chiqqan. GoldSrc yuritkichi boʻlsa, Quake yuritkichining qattiq oʻzgartirilgan versiyasidir. Quake yuritkichining yaratuvchisi John Carmack 2004-yili oʻz blogida „Half-Life 2ʻda hali ham Quakeʼning dastlabki kodining bir boʻlagi mavjud“ deya izoh yozgan[9]. Source yuritkichining yaratilish tarixi 1998-yilning boshiga borib taqaladi. Oʻshanda studiyaning birinchi oʻyini boʻlmish Half-Life ustida ish yakulangach, ishlab chiquvchilar yuritkichga yana qoʻshimchalar kiritishni istashgan. Biroq deyarli tayyor oʻyinga yangi narsalar kiritib, oʻyin kodini ajratmaslik uchun tavakkal qilishmagan. Bu haqda Valve xodimi Erik Johnson shunday deydi[10]:

Half-Lifeʼning chiqarilishiga yaqin qolganimizda (bir haftalarcha yoki undan ham oz), ustida ish olib borishimiz kerak boʻlgan bir-qancha loyihalar borligini tushunib yetdik, biroq oʻyinning chiqayotgan versiyasida kodni oʻzgartirib, tavakkal qila olmasdik. Oʻshanda biz kodni VSSʼda /$Goldsrc va /$Src ga ajratdik. Keyingi bir-necha yil davomida ushbu atamalarni toʻgʻridan-toʻgʻri „Goldsource“ va „Source“ sifatida ishlatdik. Har holda, dastlab Goldsrc kodining tarmogʻi hozir chiqarilgan versiyadagi manba kodiga tegishli edi, Src esa biz ustida ish olib borayotgan boʻlgʻusi tavakkalli texnologiyalarga taqalgan. Half-Life 2ʼni ilk bor E3 koʻrgazmasida koʻrsatadigan vaqt kelganda, „Goldsource“ yuritkichiga nisbatan „Source“ yuritkichi nomini ishlatish oʻzimizning oramizdagi muloqotning bir boʻlagi edi, keyin esa shu nom saqlanib qoldi.

Shunday qilib, Source nomini yangi yuritkichni taʼriflash uchun, GoldSource nomini oʻtgan avlod yuritkichini taʼriflashda ishlata boshlashdi. Source yuritkichi kod ajratishdan boshlab boʻlakma-boʻlak ishlab chiqildi. Valveʼning ichki loyihalari ham asta-sekin GoldSrcʼdan Sourceʼga oʻta boshladi[11]. Oʻshandan buyon Sourceʼni ishlab chiqish litsenziyalangan bogʻlovchi dasturiy taʼminot bilan oʻzlari yozgan kodning aralashmasiga aylandi. Sourceʼning eski versiyalarida videolarni ijro etish uchun Bink video ishlatilardi[12], biroq Sourceʼning soʻnggi versiyalariga kelib, WebM videolar qoʻllana boshlandi[13].

Source yuritkichidagi atoqli oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Source yuritkichidagi atoqli oʻyinlar roʻyxati
Yil Nom Ishlab chiquvchi (lar) Nashr qiluvchi (lar)
2004 Counter-Strike: Source Valve Valve
Half-Life 2
Vampire: The Masquerade – Bloodlines[14] Troika games Activision
Half-Life 2: Deathmatch Valve Valve
Half-Life: Source
2005 Day of Defeat: Source Valve Valve
Half-Life 2: Lost Coast
2006 Half-Life Deathmatch: Source
Half-Life 2: Episode One
Garry's Mod Facepunch Studios
SiN Episodes Ritual Entertainment Ritual Entertainment
Dark Messiah of Might and Magic Arkane Studios Ubisoft
The Ship Outerlight Mindscape (EU), Merscom (NA)
2007 Half-Life 2: Episode Two Valve Valve
Team Fortress 2
Portal
Dystopia Team Dystopia, Puny Human Puny Human
Insurgency: Modern Infantry Combat Insurgency Development Team New World Interactive
2008 Left 4 Dead Valve Valve
2009 Left 4 Dead 2
Zeno Clash[15] ACE Team Iceberg Interactive, Tripwire Interactive
NeoTokyo Studio Radi-8 NEOTOKYO[16]
2010 Bloody Good Time Outerlight Ubisoft
Vindictus devCAT Nexon
E.Y.E.: Divine Cybermancy Streum On Studio Streum On Studio
Alien Swarm Valve Valve
2011 Portal 2
No More Room in Hell No More Room in Hell Team Lever Games
Nuclear Dawn InterWave Studios Iceberg Interactive
Postal III Trashmasters, Running with Scissors Akella
Dino D-Day 800 North, Digital Ranch 800 North, Digital Ranch
2012 Dear Esther The Chinese Room Curve Digital
Counter-Strike: Global Offensive Valve, Hidden Path Entertainment Valve
Hybrid 5th Cell Microsoft Studios
2013 Tactical Intervention FIX Korea OGPlanet
The Stanley Parable Galactic Cafe Galactic Cafe
Counter-Strike: Online 2 Nexon Nexon
Dota 2 (2015-yilda Source 2ʼga oʻtkazilgan) Valve Valve
2014 Blade Symphony Puny Human Puny Human
Consortium Interdimensional Games Interdimensional Games
Contagion Monochrome Monochrome
Insurgency New World Interactive New World Interactive
Aperture Tag Aperture Tag Team Aperture Tag Team
Fistful of Frags Fistful of Frags Team Fistful of Frags Team
2015 Portal Stories: Mel Prism Studios Prism Studios
The Beginner's Guide Everything Unlimited Everything Unlimited
2016 Infra Loiste Interactive Loiste Interactive
2017 Day of Infamy New World Interactive New World Interactive
2018 Hunt Down the Freeman Royal Rudius Entertainment Royal Rudius Entertainment
2020 Black Mesa Crowbar Collective Crowbar Collective
G String Eyaura LunchHouse Software
2022 Entropy : Zero 2 Breadmen Breadmen

Titanfall, Titanfall 2 va Apex Legends jadvalga kiritilmagan, chunki ularning negizidagi Source yuritkichi shu darajada qattiq oʻzgarishga uchraganki, ularni bemalol boshqa yuritkichda deyish mumkin[17].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Half-Life: Source“ (en). Steam. — официальная страница игры в Steam. 2012-yil 18-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  2. James Archer. „Half-Life 2 RTX mod brings ray tracing and DLSS to another Valve classic“ (en). Rock Paper Shotgun (2002-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.
  3. „Half Life 2 RTX project announced, DLSS3, full ray tracing and more added with NVIDIA RTX Remix“ (en). Videocardz.com (2002-yil 22-avgust). Qaraldi: 2024-yil 10-yanvar.
  4. Андрей Шиллинг. „Half-Life 2 RTX – в игре появилась трассировка лучей через RTX Remix“ (ru). Hardwareluxx (2023-yil 22-avgust). — „Первыми были улучшены Portal Prelude RTX и Portal RTX, игра Half-Life 2 RTX стала третьей доработкой на оригинальном движке Source Engine“. Qaraldi: 2024-yil 10-fevral.
  5. Alessandro Fillari. „Most Influential Games Of The 21st Century: Half-Life 2“ (en). GameSpot (2019-yil 21-noyabr). — „The linchpin of Half-Life 2 was Valve's proprietary Source engine. The sequel made smart use of its improved rendering tech to increase the scale and density of the world, along with giving each character a higher level of detail“. 2023-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  6. Andy Kelly. „The many ways Half-Life 2 changed gaming forever“ (en). GamesRadar+ (2019-yil 17-noyabr). — „Half-Life 2 and the Source engine are landmarks in game design. In the sequel to Gordon Freemans similarly groundbreaking debut, Valve uses a cast of vivid characters and intricately detailed levels to tell a story in a unique way, while creating a fun, dynamic, and brilliantly designed shooter to boot. The joy of sending a sawblade spinning through a group of zombies with the gravity gun is as powerful today as it was in 2004. Its remarkable how well the game holds up to modern scrutiny“. 2023-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 14-yanvar.
  7. Birsner. „10 Best Half-Life 2 Mods“ (en). TheGamer (2021-yil 22-avgust). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  8. Mitra. „11 Best Video Game Engines, Ranked“ (en). Game Rant (2020-yil 26-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
  9. „Welcome, Q3 source, Graphics“. John Carmack's Blog (2004-yil 31-dekabr). 2006-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  10. Johnson. „Talk:Erik Johnson“. Valve Developer Community (2005-yil 1-sentyabr). 2012-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 15-avgust.
  11. Hodgson, David. Half-Life 2: Raising the Bar. Prima Games, 2004. ISBN 0-7615-4364-3. 
  12. O'Donnell, Ryan. „Counter-Strike: Source - Full-Screen E3 2004 Presentation“. GameSpy (2004-yil 19-iyul). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 20-aprel.
  13. „CS:GO Update 7/24/2018“. Qaraldi: 2023-yil 3-yanvar.
  14. „Vampire: The Masquerade - Bloodlines Designer Diary #3“. GameSpot (2003-yil 16-dekabr). 2016-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  15. „Hieronymus: ACE Team Explain Zeno Clash II“. Rock, Paper, Shotgun (2012-yil 7-iyun). 2015-yil 5-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 4-yanvar.
  16. „NEOTOKYO on Steam“. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
  17. Dunsmore. „E3 2016: Respawn Talks Content Variety, Reworked Engine in Titanfall 2“. Hardcore Gamer (2016-yil 14-iyun). Qaraldi: 2021-yil 24-noyabr.

Andoza:Videooʻyin yuritkichlari