Counter-Strike Online 2

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Counter-Strike Online 2
Fayl:Counter-Strike Online 2 poster.jpg
„Counter-Strike Online 2“ muqovasi
Ishlab chiqaruvchi Nexon Corporation
Valve
Nashir etuvchi Nexon
beanfun!
Century Tiancheng
Nexon
Chiqarilgan sana 2008-yil 24-iyul
2015-yil 22-aprel
2016-yil 18-fevral
2017-yil 12-iyul
Oʻyin seriyasi Counter-Strike
Janr Birinchi shaxsdan taktik otishma
Platformalar Microsoft Windows
Yuritkich Source
Oʻyin rejimlari Koʻp oʻyinchili
Boshqaruv klaviatura va sichqoncha
Oldingi soni Counter-Strike Online

Counter-Strike Online 2 (CSO2) – Valve litsenziyasi bilan Nexon korporatsiyasi tomonidan 2013-yilda chiqarilgan birinchi shaxs otishma videooʻyini. Oʻyin 2008-yilgi Counter-Strike Onlineʼning sikveli boʻlib, u ham Osiyo bozoriga moʻljallangan. Oʻtmishdoshidan farqli oʻlaroq, CSO2 kengroq imkoniyatlar va yaxshiroq grafikaga ega Source yuritkichi negizida yaratilgan. Oʻyin tekin boʻlsa-da, ichidagi baʼzi qurollar, qoplamalar va buyumlarni mikrotoʻlov modeli orqali haqiqiy pul evaziga sotib olish mumkin. Oʻyin faqat onlayn boʻlib, oʻynash uchun oʻsha mintaqaning bosh serveriga ulanish talab qilinar edi. Har bir mintaqaning nashir etuvchisi oʻz hududidagi serverlarni boshqargan.

Ishlab chiqarilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2012, 5-aprel: Nexon Korea rasman Counter-Strike Online 2 ustida ish boshlaganini eʼlon qildi[1].
  • 2012, 15-iyul: Seulning Cheongdam-dong kichik rayonida boʻlib oʻtgan MCUBEʼda 120 odam tashrifi bilan oʻyinning namoyishi boʻldi[2].
  • 2012, 2–5-avgust: 3000 ta odam tanlab olinib, birinchi yopiq beta sinov oʻtkazildi[3].
  • 2012, 8–11-noyabr: Oʻyin Busanda boʻlib oʻtgan G-Star 2012 da koʻrinish berdi[4].
  • 2012, 16–18-noyabr: 22222 ta odam tanlab olinib, ikkinchi yopiq beta sinov oʻtkazildi[5].
  • 2013, 23-mart: Baʼzi kompyuter klublarida birinchi FGT sinov oʻtkazildi[6].
  • 2013, 25-may: Baʼzi kompyuter klublarida ikkinchi FGT sinov oʻtkazildi.
  • 2013, 13–14-iyul: Baʼzi kompyuter klublarida yakuniy ShK sinovi oʻtkazildi[7].
  • 2013, 7-avgust: Yangi obunachilarning soniga kunlik cheklov bilan teskari sanoq beta xizmati ishga tushirildi[8].
  • 2013, 28-noyabr: „Bid open“ sarlavhasi ostida ochiq xizmat boshlandi.
  • 2018, 22-fevral: Oʻyinchilarga xizmat koʻrsatish tugatilishi toʻgʻrisida eslatma eʼlon qilindi.
  • 2018, 26-aprel: Xizmat koʻrsatish tugatildi.

Xitoy Xalq Respublikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2013, iyun: Century Tiancheng bilan Nexon Korea kelishuv imzolashadi.
  • 2013, 30-sentyabr2018, 8-may: Yopiq beta sinov oʻtkazilib, 2015-yil aprelda rasman xizmat koʻrsatish boshlanadi, 2018-yil 8-mayda esa tugatiladi.

Hong Kong va Tayvan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]