Counter-Strike Online

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Counter-Strike Online
Fayl:CounterStrikeOnlineCover.jpg
„Counter-Strike Online“ muqovasi
Ishlab chiqaruvchi Nexon Corporation
Valve
Nashir etuvchi Nexon (2008)
beanfun! (2008)
TianCity (2008)
Nexon (2009) (2019-yilda yopilgan)
IAHGames (2009) (2015-yilda yopilgan)
Megaxus (2010) (2019-yilda yopilgan)
PlayFPS (2012) (2013-yilda yopilgan)
Nexon Europe (2013) (2014-yilda yopilib, Counter-Strike Nexon: Zombiesʼga oʻtkazilgan)
Counter-Strike Nexon: Zombies Nexon Europe (2014)
GoPlay (2015) (2016-yilda yopilgan)
Chiqarilgan sana 2008-yil 24-iyul
Oʻyin seriyasi Counter-Strike
Janr Birinchi shaxsdan taktik otishma
Platformalar Microsoft Windows
Yuritkich GoldSrc
Oʻyin rejimlari Koʻp oʻyinchili
Keyingi soni Counter-Strike Online 2

Counter-Strike Online (CSO) – Osiyo oʻyin bozori uchun 2008-yilda ishlab chiqarilgan birinchi shaxsdan taktik otishma janridagi videooʻyin. Oʻyin Valve boshqaruvi ostida Janubiy Koreyaning Nexon kampaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek, Valve korporatsiyasi oʻyin litsenziyasining egasidir. Oʻyin Counter-Strikeʼga asoslangan boʻlib, "Counter-Strike: Condition Zero"ning remeykidir.

"Counter-Strike Online"da faqatgina koʻp oʻyinchili rejimlar bor. Oʻyinda Steamʼning mikrotoʻlov modeli ishlatiladi[1], yaʼni unda „dekoder“ deb ataladigan valyuta sotib olish mumkin. Bunday valyuta evaziga tekin versiyadagiga qaraganda anchayin kuchli qurollar olsa boʻladi.

Umumiy tushuncha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinda xalqaro Counter-Strikeʼga qaraganda bir muncha qoʻshimchalar mavjud, masalan, ayol personajlar, koʻplab yangi qurollar bilan birga ularga qoplamalar. Qurollarning aksariyati standart boʻyicha qulflangan boʻladi. Ularni sotib olish uchun virtual pul yoki oʻyin ichidagi ochkolar muhim ahamiyatga ega. Aksariyat maxsus qurollar, qoplamalar, kuchaytirgichlar va boshqalarni naqd pul bilan sotib olish mumkin. Oʻyin ichidagi ochkolar bilan boshqa turli xil maxsus narsalarni ham sotib olish mumkin.

Counter-Strike Online oʻzi tekin oʻyin boʻlsa-da, baʼzi qurollar haqiqiy pulga ayirboshlanadigan ochkolar evaziga sotib olinadi. Bunday qurollarning amal qilish muddati mavjud, muddat tugaganidan keyin esa sotib olingan qurol inventardan yoʻqoladi. Biroq aksiyalar chogʻida sotib olingan qurol butunlayga qoladi. Oʻldirish va topshiriqlarni bajarish evaziga ochkolarga erishib, ular bilan qurol va buyumlarni sotib olish mumkin.

Turnirlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunshan shahri mezbonlik qilgan World Cyber Games 2012 Grand Finals bellashuvida Counter-Strike Online boʻyicha turnir boʻlib oʻtdi. Unda Xitoy, Tayvan, Malayziya va Janubiy Koreya jamoalari bellashdilar[2]. Turnirda Xitoyning TYLOO jamoasi gʻolib chiqdi.

Counter-Strike Nexon: Zombies[tahrir | manbasini tahrirlash]

Counter-Strike Nexon: Zombies 2014-yilning 7-oktyabrida Gʻarb mamlakatlari uchun Steamʼda chiqariladi[3]. Counter-Strike Nexon: Zombies oʻyinining nomi 2019-yilda Counter-Strike Nexon: Studioʼga oʻzgartirildi.

2018-yilning yozida Steam Web API himoyasidagi zaifliklar bois, Counter-Strike Nexon: Zombiesʼni Steamʼda atiga bir marta boʻlsa ham oʻynagan oʻyinchilarning soni 5 222 958 tani tashkil etishi maʼlum boʻladi[4].

Kutib olinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Onlayn sharhlovchi MMOhuts Counter-Strike Onlineʼga 3/5 baho berdi. Ular oʻyinning asl Counter-Strikeʼga oʻxshashligini taʼkidladilar. Shuningdek, oʻyin Janubi-Sharqiy Osiyodan tashqarida serverlar joylashuvi sababli juda yuqori kechikish (ping) kuzatilayotganini tanqid qilishdi[5]. NoGameNoTalk sharhlovchisi onlayn versiyaning yangi uchta oʻyin rejimini original oʻyindagining yaxshilanishi oʻlaroq eʼlon qilib, iltifot koʻrsatdi[6]. FilePlanet esa oʻyinning geympleyi va qurol-yarogʻlari uchun oʻrtachadan yuqoriroq baho qoʻydi (7.1/10). Shu bilan birga Osiyodan tashqaridagi kechikish vaqtlarini, shuningdek, oʻyin eski boʻlib koʻrinishi va tuyulishini taʼkidladi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Q&A: Valve Explains Why PC Gaming's Gaining Steam“. Gamasutra (2008-yil 6-mart). Qaraldi: 2008-yil 6-mart.
  2. „Welcome to nginx eaa1a9e1db47ffcca16305566a6efba4!185.15.56.1“. 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 17-oktyabr. on wcg.com, accessed on October 17, 2012
  3. „Counter-Strike Nexon: Studio on Steam“.
  4. KYLE ORLAND. „Valve leaks Steam game player counts; we have the numbers“. Valve plugged the hole, but important data has already escaped. (en). Ars Technica (2018-yil 7-iyul). 2018-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-aprel.
  5. „Counter-Strike Online Review“ (2010-yil 17-oktyabr).
  6. Wei-Meng Lee. „Counter-Strike Online overview and review“ (2010-yil 11-noyabr). 2013-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 26-dekabr.
  7. „Counter-Strike Online“.

(Ushbu oʻyin 13 yoshdan kichiklar uchun moʻljallanmagan. Oʻyinda zoʻravonlik mavjud.)

(CSO Indoneziyada ochildi va 2011-yil soʻngiga qadar Hindistonda boʻladi. [Ishga tushish ehtimoli bekor qilingan])


Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]