Counter-Strike: Global Offensive
Counter-Strike: Global Offensive (CS: GO) — bu HiddenPath Entertainment va Valve Corporation tomonidan ishlab chiqilgan onlayn, otishma oʻyin. CS:GO — Counter-Strike seriyasidagi toʻrtinchi oʻyin hisoblanadi. U 2012-yil avgust oyida chiqqan. 2018-yil 6-dekabrdan Steam platformasida bepul. 6-dekabrga qadar CS sotib olganlar: avtomatik ravishda prime-status va LoyaltyBadge esdalik nishonini („Sadoqat uchun medal“) qoʻlga kiritdilar.[1] Oʻyin mohiyati ikki jamoa: terrorchilar va kontr-terrorchilar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklardan iborat. Terrorchilar va kontr-terrorchilarning maqsadi — dushman jamoasini yengish. Bu degani barcha raqiblarni yoʻq qilish yoki xaritaga bogʻliq vazifani bajarish (bombani portlatish/zararsizlantirish, garovga olinganlarni ushlab turish/qutqarish) degani.[2]
O'yin Jarayoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]CS: GO da bitta oʻyin: maʼlum raundlar sonidan iborat. Oʻyin boshida oʻyinchiga oʻyin ichi pullari beriladi, bu pulga u qurol va anjomlar sotib olishi mumkin. Qanchalik samaraliroq oʻyin olib borsangiz, keyingi bosqichning boshida shuncha koʻp pul olasiz. Yomon niyat bilan qilingan harakatlar (masalan, doʻstona odamlarga qarata oʻt ochish) jarima bilan jazolanadi. Butun oʻyinda eng koʻp raundda yenggan jamoa gʻalaba qozonadi.[3]
Global Offensiveda 8 turdagi qurol mavjud: sovuq, pistoletlar, miltiq, avtomatlar, pistolet-pulemyotlar, shturm vintovkalari, snayper vintovkalari, pulemyotlar, granatalar.[4] Patronlar alohida sotib olinmaydi. Toʻliq oʻq-dori zahirasi sotib olingan qurol bilan birga beriladi. Bundan tashqari, asosiy arsenal bilan birga siz qoʻshimcha ravishda Zeusx27 elektroshokerini sotib olishingiz mumkin.
Oʻyinda bir nechta rejimlar mavjud: Competitive, Casual, Deathmatch, Arms Race, Demolition, Wingman, Flying Scoutsman, Danger Zone va Weapons Course. Yangi boshlaganlar uchun maxsus oʻquv xaritasi mavjud.
Danger Zone — bu royal rejimi boʻlib, 18 ta oʻyinchi butunlay yangi xaritaga tushishadi. Har biri pichoq va planshet bilan oʻyin boshlab, qurol, oʻq-dori, kerakli anjomlar va pul qidirishi kerak. Oʻyinchilar yakka oʻzi yoki duetda oʻynashlari mumkin.[5][6]
Kibersport
[tahrir | manbasini tahrirlash]Professional CS: GO turnirlari: ikkita kategoriyaga boʻlinadi: oddiy (uchinchi tomon tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladi) va „Meydjorlar“/"Majorlar". „Majorlar“ — bu ValveCorporation oʻzi tomonidan tuzilgan yoki hech boʻlmaganda homiylik qilinganlar. Ular eng nufuzli hisoblanadi. Masalan, StarLadder Major 2019 mukofot jamgʻarmasi 1 000 000 $ ini tashkil etdi. Boshqa — Blast Premier 2020 ligasida esa bu koʻrsatkich 4 million 250 ming $ ga yetdi.[7]
Oʻzbekistonlik eng mashhur professional CS: GO oʻyinchisi: „SANJI“ laqabli Sanjar Kuliev. SANJI hozirda Rossiyaning „Virtus.pro“ eSports klubida oʻynamoqda.[8] U faoliyati davomida 209 ming dollardan koʻproq pul ishlagan.[9]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Counter-Strike: Global Offensive“. Counter Strike Wiki.
- ↑ „Review: Counter-Strike: Global Offensive“. Destructoid. 2017-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Money system in CS:GO explained“. NAVIgaming. 2017-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Оружие“. Counter Strike Wiki.
- ↑ „Counter-Strike: Global Offensive is completely free to play with royal battle mode“. CSGObettings.
- ↑ „CS:GO competitive guide: your first match“. PCGamer.
- ↑ „BLAST PREMIER 2020 TEAMS ANNOUNCED“. HLTV.
- ↑ „Команда“. Virtus.pro.
- ↑ „Рейтинг игроков CS:GO“. Game Tournaments.