Sohil shippaklari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sohil shippaklari

Flip-floplar yengil sandalga kabi poyabzal turi hisoblanib, odatda kundalik poyabzal turi sifatida kiyiladi. Ular oyoqning birinchi va ikkinchi barmoqlari o'rtasidan va oyoqning har ikki tomoni atrofidan o'tadigan barmoq tangasi deb nomlanuvchi Y shaklidagi tasma bilan oyoq ustida erkin ushlab turiladigan tekis taglikdan tashkil topgan. Bu uslubdagi poyafzallarni butun dunyo bo'ylab ko'plab davlat odamlari kiyishgan, ular miloddan avvalgi 1500-yillarda qadimgi misrliklarda paydo bo'lgan Amerika Qo'shma Shtatlarida zamonaviy flip-flop dizayni dunyodan keyin an'anaviy yapon zoridan olingan bo'lishi ehtimoli bor. Ikkinchi jahon urush paytida askarlar bu turlarni Yaponiyadan qaytarib olib kelishdi.

Flip-floplar 1960-yillardan boshlab mashxir har bir jins vakiliga to'g'ri keladigon yozgi poyabzalga aylandi. [1]

"Flip-flop" etimologiyasi va boshqa nomlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Flip-flop atamasi 1960-yillardan boshlab Amerika va Britaniya ingliz tillarida tekkis taglikdan, asosan kauchukdan va uchta langar nuqtasi bo'lgan kamardan tashkil topgan arzon poyabzallarni tasvirlash uchun ishlatilgan: katta va ikkinchi barmoqlar o'rtasida, keyin ikkalasiga langar qilish uchun ikkiga bo'lingan. "Flip-flop" ularda yurish mobaynida sandallar tomonidan chiqarilgan ovozning onomatopeyasi bo'lishi mumkin. [2]

Flip-floplar, xususan, Avstraliyada tangalar (ba'zan pluggerlar [3] ), Yangi Zelandiyada [4] jandallar (birinchi "yapon sandallari" dan olingan) [5] va Janubiy Afrika va Zimbabveda shlyapalar yoxud plakkies deb ataladi. [6]

Filippinda ular tsinelas deb nomlanadi. [7]

Hindistonda chappal, (an'anaviy ravishda charm shippak deb nomlanadi). [8] Bu telugucha ceppu ( చెప్పు ) so'zidan paydo bo'lib, proto-dravid tilidagi *keruppu, [9] [10] "sandal" degan ma'noni anglatadi deb taxmin qilinadi. Boshqa qarashlarga ko'ra, sanskrit tilidagi caraṇopānah (चरणोपानह्) yoki caraṇa- upānah (चरण- उपनह् ) so'zlaridan paydo bo'lgan.

Lotin Amerikasida, La Chancla . [11] Dunyo bo'yicha ular turli xil nomlar bilan ham tanilgan, shu o'rinda Bagama orollari, Yamayka va Trinidad , Tobagodagi terlik . </link>

Tangali sandallar ming yillar mobaynida kiyilib kelinmoqda, ular qadimgi Misr devoriy rasmlarida miloddan avvalgi 4000-yillarda chizilgan. Yevropada esa bir juft papirus barglaridan yasalgan va yoshi taxminan 1500 yil bo'lgan oyoq kiyimi topilgan. Flip-floplarning bu dastlabki versiyalari turli xil materiallardan tayyorlangan. Qadimgi Misr sandallari papirus va palma barglaridan yasalgan. Afrikaning Masai xalqi sandallarni xom teridan qilishgan. Hindistonda esa yog'ochdan yasalgan. Xitoy bilan Yaponiyada guruch somoni ishlatilgan. Sisal o'simligining barglari Janubiy Amerikada sandallar uchun ip tayyorlashga ishlatilgan, Meksika aholisi esa yucca o'simlikidan foydalangan. [12]

Qadimgi yunonlar va rimliklar ham flip-floplarning ba'zi turlarini kiyishgan. Yunon sandallarida oyoqning birinchi va ikkinchi barmoqlari orasiga, Rim sandallarida bo'lsa ikkinchi va uchinchi barmoqlar orasiga kiyilgan. Ular Mesopotamiyaliklar kiygan sandallardan farq qiladi, bu yerlardagilar uchinchi va to'rtinchi barmoqlar orasiga kiyishgan. Hindistonda "oyoq barmoqlari" bilan bog'liq bo'lgan sandallar mashxur bo'lib, hech qanday kamarsiz, ammo uning o'rniga birinchi va ikkinchi barmoqlar orasida joylashgan kichik tugma orqali kiyishgan. Ular Padukas sifatida mashxur bo'lgan. [13]

Zamonaviy flip-flop Qo'shma Shtatlarda tanildi, bunga sabab esa Ikkinchi jahon urushidan qaytgan askarlar o'zlari bilan yapon zorini olib kelishganidur. U 1950-yillarda urushdan keyingi bum paytida va Koreya urushi jangovar harakatlar tugaganidan keyin qo'lga kiritildi. Ular Amerika ommabop madaniyatiga qo'shilgach, sandallar qayta ishlangan va 1950-yillarning dizaynida ustunlik qilgan yorqin ranglarga o'zgartirilgan. Ular qulaylik va shinamlik sabab tezda tanilib, plyaj mavzusidagi do'konlarda va yozgi poyabzal sifatida mashhur bo'ldi. 1960-yillarda flip-floplar Kaliforniyaning plyajdagi turmush tarzi bilan mustahkam bog'landi. Shunday qilib, ular asosan shortilar, cho'milish kostyumlari yoki yozgi kiyimlar bilan kiyiladigan tasodifiy aksessuar sifatida tanildi. Ular mashhurroq bo'lgandan keyin esa, ba'zida esa odamlar ko'proq rasmiy jarayonlarga kiyishni boshladilar. [13]

  1. „How and When Flip Flops Become A Popular Unisex Summer Footwear“. Free Earth (2017-yil 15-mart). 2019-yil 21-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 19-fevral.
  2. „Flip-Flop“. Online Etymology Dictionary. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  3. „Australian Guys Out Drinking Accidentally Come Across Robbery, Stop Thieves“. Complex.
  4. „IT Pro - Information Technology News & Reviews“ (2011-yil 29-oktyabr).
  5. „Morris Yock trademarks the jandal“. New Zealand History (1957-yil 4-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  6. Key. „Jandals, Thongs, Flip Flops & G-strings“. 2012-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-iyul.
  7. de Jong. „Tsinelas!“. ThinsAsian (2013-yil 3-sentyabr). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  8. „'Chappal meaning in India'on Google search shows device used by Indian parents to reshape their kids“. Mangalore Today (2020-yil 8-avgust). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  9. Burrow, T.; Emeneau, M. B. (1984). ceruppu, in A Dravidian etymological dictionary, 2nd edition, Oxford University Press (ISBN 0198643268), p. 178.
  10. Krishnamurti, Bhadriraju (2003). The Dravidian Languages (Cambridge Language Surveys), Cambridge University Press (ISBN 9780521771115), p. 526.
  11. Dominguez. „The Meaning of Chancla: Flip Flops and Discipline“. Spanish Academy (2021-yil 6-aprel). Qaraldi: 2023-yil 19-fevral.
  12. Kippen, Cameron. The History of Footwear. Perth, Australia: Department of Podiatry, Curtin University of Technology, 1999. 
  13. 13,0 13,1 DeMello, Margo. Feet and Footwear: A Cultural Encyclopedia. Santa Barbara, California: ABC-CLIO, LLC, 2009 — 130–131 bet. ISBN 978-0-313-35714-5.  Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "DeMello_Margo" defined multiple times with different content