Sohibqiron (sheriy drama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Sohibqiron
Sohibqiron-500x750.jpg
2016-yilgi kirillcha nashr muqovasi
Muallif Abdulla Oripov
Janr sheriy drama
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til oʻzbek
Nashriyot
Nashr etilgan sanasi 2016-yil
Sahifalar soni
  • 136 bet (Akademnashr)
  • 91 bet (Yangi nashr)
ISBN ISBN 978-9943-4405-9-3

Sohibqiron —1996-yilda Oʻzbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan yozilgan, Sohibqiron Amir Temur hayotiga bagʻishlangan sheriy drama.[1] Amir Temur — jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslardan biri. Uning hayot yoʻli bir tekis kechmagan. Taqdirning turfa zarbalariga munosib dosh berolganligi uchun ham shunday ulugʻ maqomga erishgan. Abdulla Oripov qalamiga mansub „Sohibqiron“ sheʼriy dramasida Amir Temurning murakkab umr yoʻli haqqoniy boʻyoqlarda ochib berilgan.

Sohibqiron sheriy dramasi 2016-yilda „Akademnashr“ nashriyoti tomonidan 136 betli qattiq muqovada, 2019-yilda „Yangi nashr“ nashriyoti tomonidan 91 betli yumshoq muqovada 10 000 nusxada nashr etilgan.[2]

Sujet[tahrir]

„Sohibqiron“ dramasida Amir Temur janglarda emas, balki ko‘proq o‘ylar girdobida aks ettiriladi. Asarda Temurning murakkab tabiati uning Amir Husayn, sulton Boyazid, amirlar, o‘g‘illariga munosabatini ko‘rsatish mobaynida yorqin aks etgan.

Amir Temur tajribali hukmdor va o‘ychil faylasuf sifatida davlatni ushlab turguvchi tayanchlarni: „Mo‘l xazina, yagona shoh, yengilmas lashkar“, — deya belgilaydi.

Uning jahongirlik tabiati suruvda bitta cho‘pon bo‘lganiday, xalqni ham bir podshoh boshqarishi kerakligi borasidagi qanoatida namoyon bo‘ladi.

Dramada Temurning fuqarolarga munosabati: „Hukmdorlar seva turib fuqarolarni, Umid hamda qo‘rquv ichra saqlashi darkor“, — degan qarashida aks etadi.

Asarda Amir Temurning o‘z dushmanlari gunohlarini ham kechira oladigan shaxs ekani sulton Boyazid, haddidan oshgan kimsani jazosiz qoldirmasligi Amir Husayn, ezgu amalli kishilarni taqdirlashi Hofiz Sheroziy va Qosimbek timsollari orqali ishonarli aks ettirilgan.

Dostonda Boyazidning Amir Temurga yozgan xatidagi haqoratlar uni urushga kirishishga majbur etishi ishonarli tasvirlangan: „Agarda sen biz tomonga kelmasang, Temur bilib qo‘yki, xotunlaring uch taloq bo‘lgay. Agar seni yenga olmay chekinsam ortga Unda mening xotunlarim bo‘lsin uch taloq“.

Muallif hech bir musulmon chidashi mumkin bo‘lmagan bunday odobsizlikka Temurning jang bilan javob berishi tabiiyligini tarixiy haqiqatga ham mos holda ko‘rsatadi.

Qahramonlar[tahrir]

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]