Bibixonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Stamps of Uzbekistan, 2007-38.jpg

Bibixonim (asl ismi Saroymulkxonim) (13411408) — Amir Temurning katta xotini, Chigatoy ulusi xoniHozonxonnknt qizi. Dastlab amir Hazagʻotshg nabirasiXusayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Shu bone Amir Temur "Kuragon" unvoniga musharraf boʻladi. Zotan xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, "Katta xonim" yoxud "Bibixonim" degan unvonga noil boʻladi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, B. oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aklzakovat sohibasi, shuningdek, husnlatofat bobida ham benazir edi. B. insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiyijtimoiy, ik^isodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor boʻlgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilmmaʼrifatga aloxida eʼtibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida koʻpincha hamrohlik qilgan. B. saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda oʻzining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur B.ga oshkora boʻysunmasada, biroq uning oqilona maslahatlariga oʻzida qandaydir ehtiyoj sezib turgan.

B. oʻz jamgʻarmasi hisobidan Samarqandda ulkan Madrasa (qarang Bibixonim madrasasi) qurdirgan.

B. farzand koʻrmagan boʻlsada, sohibqiron oʻz nabiralari — Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Ulugʻbek va boshqa mirzolarni bevosita zukko B. tarbiyasiga topshirgan edi.

Samarqandda Amir Temur B.ga atab qurdirgan Bibixonim jome mayejidi mavjud. B. haqida xalq orasida koʻplab rivoyatlar saqlanib qolgan. Turgʻun Fayziyev.

Saroymulkxonimning hayoti[tahrir]

Saroymulkxonim Chig‘atoy ulusiga mansub xonlardan biri, Qozonxonning qizi bo‘lib, 1341 yilda tavallud topgan. Balog‘atga yetgach, Movarounnaxr hukmdori Amir Qozog‘onning nabirasi Amir Husaynga turmushga chiqadi. 1370 yilda, Amir Husayning Balx jangi vafotidan so‘ng 26 yoshli Saroymulkxonimni Amir Temur nikohiga oladi. Yuksak insoniy fazilatlariga egaligi tufayli Saroymulkxonim, Amir Temur ahli ayollari –malikalarining ulug‘iga aylanadi, hamda «kattaxonim» yoxud «Bibixonim» mavqei berildi. U o‘z zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor ayoli va aql-zakovat sohibasi bo‘lgan. Shuningdek, husn-latofat bobida ham benazir bo‘lgan. Saroymulkxonim siyosatdon, insonparvar, sahovatli malika sifatida saltanatni boshqarishda faol ishtirok etgan. Mamlakatning ijtimoiy va madaniy qurilish ishlariga, ayniqsa, tolibi ilmlarni har taraflama qo‘llab quvvatlash borasida nom qozongan. Aytishlaricha, Samarqanddagi xozirgi jome’ masjidning kun chiqar tomonidan madrasa qurdiradi. Madrasa nihoyatda mahobatli bo‘lib, Amir Temur qurdirgan jome’ masjidiga tutash bo‘lgan. Biroq turli sabablarga ko‘ra vayron etilgan.

Sohibqiron farmoniga binoan, 1399-1404 yillarda jome’ masjid qurib bitkazildi. Ba’zi rivoyatlarda Amir Temur masjidini dono va oqila xotini Saroymulkxonimga tuhfa qilgan, deyishadi. Shuning uchun bo‘lsa kerak Amir Temur jome’ masjidi ham Bibixonim nomi bilan shuhrat topgandir. Temuriyzodalar tarbiyasi bevosita Bibixonim bilan bog‘liq. U Shohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, Muhammad Sulton, Xalil Sultonlarning ilm-ma’rifatni anglashida rahnamolik kilgan. Ayniqsa, Mirzo Ulug‘bek sog‘lom o‘sishi, diniy va dunyoviy bilimlarni mukammal egallashida, Bibixonimning mehnati beqiyosdir.

Sohibqiron Temurning o‘limidan so‘ng, Samarqand taxti, uning nabirasi Xalil Sultonga o‘tdi shu davrda Bibixonim ancha qiyinchiliklarga duch keladi. 1409 yilda Samarqand taxtini Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li Mirzo Ulug‘bek egallaganda sevikli buvisi Bibixonim hayotdan ko‘z yumgan edi.



Adabiyotlar[tahrir]