Turon (atama)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Turon — tarixiy-geografik atama. Oʻrta asrlar adabiyotlarida (Tabariy, Beruniy, Firdavsiy) Eron va T. hududiy chegaralari Amudaryo orqali belgilanadi. Dastlab Avestoda qayd etilgan "tur" etnonimi keyinchalik Markaziy Osiyo dasht va togʻ yerlarida yashovchi chorvador agʻoli bilan bogʻlangan. Olimlarning fikriga koʻra, "turlar" tushunchasi — bu sakmassagetlarning dastlabki nomi boʻlishi mumkin. Sakmassagetlar va ularga yaqin qarindosh qabilalar mil. av. 6—4-a.larda Oltoy va Jan. Sibir dashtlarigacha tarqalgan. Bu hakda arxeologik maʼlumotlar ham dalolat beradi va ShinjonUygʻur oʻlkasida saklar yozuvlarining tarqalishi ham shu fikrni tasdiklaydi. Mahmud Koshgʻariyning taʼkidlashicha, Uygʻuristonning Qashqar tumanida "kansak" tili saqlangan edi. Sharqiy Turkistondagi Xotan vohasidan topib tekshirilgan yozuvlar "xotansak" hujjatlari nomi bilan atalgan. Demak, T. — faqat Oʻrta Osiyo hududining qad. atamasi degan xulosa bahslidir. "Turon", "turonliklar" yurti tushunchasini keng hududlar bilan bogʻlash mumkin. Oʻrta asr mualliflari ham "Turon" geografik tushunchasini turlicha tasdiklaydilar. Baʼzi tarixchi va geograflarning aytishicha, Turon — bu turklar, turkiy qabilalarning yurti degan maʼnoni bildirib, keyinchalik "Turkiston" tushunchasiga aylangan.

Akad. A. Muhammadjonovshnt fikricha, "T." atamasi sugʻdcha — yer, tuproq, dala va dasht kabi maʼnolarni bildirgan. Shunga koʻra, "T." toponimi pasttekislik, dalayu dashtliklar, yaʼni keng yaylovlar degan maʼnoni anglatgan.