Kontent qismiga oʻtish

Shukurjon Aminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shukurjon Aminova

Shukurjon Aminova 2023-yilda Dushanbe Gran-prisida
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 16-noyabr 2002-yil (2002-11-16) (21 yosh)
Xorazm viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport dzyudo
Murabbiy(lar)i Sardor Niyozmetov[1]
Sport mukofotlari
Jahon chempionati
Bronza Budapesht 2021 aralash jamoa
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Kumush Xanchjou 2023 aralash jamoa
Gran-pri turnirlari
Oltin Dushanbe 2023 57 kg
Osiyo chempionatlari
Kumush Chirchiq 2017 44 kg
Bronza Bishkek 2017 44 kg

Shukurjon Fayzullo qizi Aminova (2002-yil 16-noyabrda Xorazm viloyatida tugʻilgan) – o‘zbekistonlik dzyudochi[2], jahon chempionati sovrindori (2021).

Aminova Shukurjon 2002-yil 16-noyabrdi Oʻzbekistonning Xorazm viloyatiga tarkibiga kiruvchi Qo‘shko‘pir tumanida tugʻilgan[1]. U 2017-yildan boshlab xalqaro musobaqalarda Oʻzbekiston sharafini himoya qila boshlagan. Uning murabbiyi Sardor Niyozmetov. Aminova Gran-pri musobaqalarida 1 ta oltin medalni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 2 marotaba oltin hamda 1 marotaba bronza medali sohibasi boʻlgan. U 2022-yilda Xitoyning Xanchjou shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo o‘yinlarida kumush medalni qoʻlga kiritgan. Aminova 2021-yilgi dzyudo boʻyicha jahon chempionatining aralash jamoaviy bahslarida bronza medali bilan taqdirlangan[3][4].

Shukurjon Aminova Xalqaro dzyudo federatsiyasining yoʻllanmalarni qayta taqsimlash dasturiga koʻra −57 kg vazn toifasida Parijda boʻib oʻtadigan 2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlari yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan. U olimpiada doirasidagi dastlabki bahsda Kot-dʼIvuarlik raqibasi Zouleiha Dabonne ustidan gʻalaba qozongan[1]. Nimchorak final bahsida esa Gruziyalik dzyudochi Eteri Lipartelianiga magʻlub boʻlib, olimpiadadagi yurishini toʻxtatgan[5].