Shoyigul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Shoyigul (Саппа) — shoyiguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi; manzarali oʻsimlik. Osiyo va Amerikaning subtropik mintaqalarida keng tarqalgan. 50 dan ortiq turi maʼlum. 1000 dan ortiq navi chiqarilgan. Oʻzbekistonda bogʻ Sh.ivahind Sh.i koʻproq oʻstiriladi. Boʻyi 0,5—2 m, poyasi tik, yon shoxlari yoʻq. Barglari yirik, yassi yumaloq, uz. 30—35 sm, kengligi 13—15 sm, asosi poyaga oʻralib qin hosil qiladi, rangi yashil, qizgʻishmalla rang . Poyaning har 10—15 sm da bittadan barg oʻsib chiqadi. Gullari qizil, pushti, sariq, oq, gultojbarglari yirik, poya uchida roʻvaksimon toʻpgul hosil qiladi. Iyunsent.da gullab mevalaydi. Mevasi koʻsakcha. Sh. ildiz tuganagini boʻlish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Kech kuzda iddiz tuganagi kavlab olinadi va quritilib, issiqroq joyda saqlanadi. Erta bahorda ekiladi. Tuganagi tarkibida kraxmal bor. Bogʻxiyobonlar, gulzorlarga, hovlilarga ekiladi. Oʻzbekistonda Krouz va Luiza fon Retitor navlari 1997 yildan barcha viloyatlar uchun r-nlashtirilgan.