Kraxmal
Kraxmal (nemischa: „Kraftmehl“ ) – oʻsimlikning asosiy uglevod zaxirasi. Umumiy formulasi (S6N|()O5)g. Rangsiz amorf modda. Fotosintez jarayonida oʻsimliklarning barglarida hosil boʻladi. Kraxmalni toʻla gidrolizlab, glyukoza olinadi. U oʻsimliklarning turli qismlarida, ayniqsa, kartoshka tugunagida, ildizida, bugʻdoy, sholi va makkajoʻxori donida donachalar shaklida tuplanadi. Kraxmal miqdori bugʻdoyda 75%, makkajuxorida 72%, guruchda 80%,kartoshkada 12— 24% ga yetadi. Turli oʻsimliklardan olingan kraxmal donachalarining shakli va hajmi har xil. Masalan, kartoshka kraxmal dovachalari nisbatan yirik (kundalangi 25—100 mk), guruch kraxmal dovachalari esa mayda (koʻndalangi 3—7 mk). Kraxmal dovachalari suvda isitilganda parchalanib, kleyster hosil qiladi. Deyarli barcha kraxmallar ikki xil polisaharid – amiloza vaamilopektindan iborat. Kraxmal sovuq suv, spirt, efir va boshqa organik erituvchilarda erimaydi. Kislotalar taʼsirida gidrolizlanib, avval dekstrinlarga, soʻngra toʻla gidroliz natijasida D-glyukozaga aylanadi. Fermentlar taʼsirida ancha tez gidrolizlanadi. Kraxmal gidrolizini katalizlovchi fermentlar amilazalar deb ataladi.
Odam va hayvonlar uchun oʻsimlik kraxmali qimmatli oziq modda hisoblanadi. Insonning uglevodlarga boʻlgan ehtiyoji, asosan, non, kartoshka, krupalar va boshqa tarkibadagi kraxmal bilan qoplanadi. Sanoatda kraxmal, asosan, kartoshka, makkajoʻxoridan olinadi. Kartoshka kraxmali (kartoshka uni) olishda maydalab qorilgan kartoshka massasi suv bilan ishlanadi. Hosil boʻlgan kraxmal sutini tindirib yoki sentrifugalab kraxmal ajratib olinadi. Kraxmal oziq-ovqat, qandolatchilik, goʻsht mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanadi. Etil spirt, butil spirt, atseton va sut kislota, sitrat, glyukonat kislota, yelim ishlab chiqarishda kraxmalan xom-ashyo sifatida foydalaniladi. Antibiotiklar, vitaminlar, poroshoklar tayyorlashda ishlatiladi. Kraxmal va uning mahsulotlari toʻqimachilik, qogʻoz sanoatida qoʻllanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |