Shovot kanali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Shovot kanali Urganch shahrida
Yangi koʻprik (Urganch shahrida)

Shovot kanaliXorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatidagi respublikalararo magistral kanal. Dastlab 17-asr oxirida qurilgan. Toshsoqa kanali tizimiga knradi. Toshsoqa kanalining 34 km da qurilgan uzeldan boshlanadi. Uz. 150 km (Oʻzbekistonda 78 km, Turkmanistonda 72 km). Suv oʻtkazish imkoniyati 210 m³/s (Bayramsoqa, Mashinyorgan va Qoramazisoqa kanallaridan olingan suv bilan birga). Xorazm viloyatining Xonqa, Urganch, Shovot tumanlarida 37 ming ga va Toshhovuz viloyatida 75 ming ga yer sugʻoriladi. 1940 yilgacha kanal Amudaryoning chap sohilida oʻzining bosh suv olgichiga ega boʻlgan. 1940 da uz. 14,6 km boʻlgan tutashtiruvchi kanal orqali Toshsoqa kanaliga ulandi. 1939— 40 yillarda rekonstruksiya qilingan. Shovot kanali 3 toʻgʻon inshoot, 1 oxirgi taqsimlagich uzeliga ega. Kanal Urganch shahridan oqib oʻtadi.