Shirmer testi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻz yoshi ishlab chiqarilishini aniqlash uchun Shirmer testi.

Shirmer testi — normal holatdagi koʻz namligini saqlab turilishini taʼminlash uchun koʻz yoshi ishlab chiqarish miqdorini aniqlash maqsadida foydalanib kelinadi. Ushbu testdan koʻz qurib qolganida yoki koʻz haddan tashqari koʻp namlangan vaqtda foydalaniladi. Koʻz qurib qolishi yoki namlanishi kabi holatlar shox pardaning shikastlanishiga sababchi boʻlishi mumkin[1]. Normal holatda sinov natijasi salbiy (5 daqiqada filtr qogʻozida namlik 10 dan mm ortiq) boʻladi. Odatda ikkala koʻz ham bir xil miqdorda koʻz yoshi ishlab chiqaradi. Test Otto Shirmer sharafiga shu tarzda nomlangan[2].

Sinov jarayoni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sjögrenʼ sindromida Shirmer testi=0.00

Sinov kapillyar taʼsir prinsipi asosida ishlaydi, bu koʻz yoshidagi suvning gorizontal kapillyar naychaga oʻxshash tarzda sinov qogʻozi chizigʻi uzunligi boʻylab harakatlanishiga imkon beradi. Sinov chizigʻi boʻylab koʻtarilish tezligi koʻz yoshi ishlab chiqarish tezligiga proporsionaldir. Bemorga yuqoriga qarash buyuriladi va bemorning koʻz qovogʻi pastga tortiladi. Sinov chizigʻining egilgan uchi koʻzga shunday joylashtiriladiki, u pastki qovoqning konyunktivasi va koʻzning bulbar konyunktivasi oʻrtasida joylashadi. Shirmer testi koʻz yoshi ishlab chiqarishni oʻlchash uchun koʻzga bir necha daqiqa davomida kiritilgan sinov qogʻozi chiziqlaridan foydalaniladi. Ikkala koʻz ham bir vaqtning oʻzida tekshiriladi. Koʻpincha, bu test pastki koʻz qovogʻi ichiga filtr qogʻozining kichik chizigʻini joylashtirishdan iborat. Koʻzlar 5 daqiqa yopiladi. Keyin qogʻoz chiqariladi va namlik miqdori oʻlchanadi. Besh daqiqadan soʻng bemordan test chiziqlarini olib tashlash uchun ikkala koʻzini ochish va yuqoriga qarash soʻraladi. Shirmer testining balli chiziqlar namlangan maydonining uzunligi bilan aniqlanadi. Anestetiklardan foydalanish faqat bazal koʻz yoshi sekretsiyasi oʻlchanishini taʼminlaydi[3].

Yosh odam normada koʻz yoshi har bir qogʻoz tasmasining 15mm ni namlaydi. Gipolakrimatsiya qarish bilan sodir boʻlganligi sababli, oddiy keksa odamlarning 33 foizida 5 daqiqada sinov qogʻozining faqat 10 mmni namlashi mumkin. Sjögren sindromi boʻlgan odamlarda bu koʻrsatkich 5 dan kam boʻladi.

Shirmer testi natijalarini baholash:[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Normal: 5daqiqada sinov qogʻozi namlanishi 10mmdan kam boʻlganda[4]
2. Koʻz yoshi yetishmasligi: 5 daqiqada sinov qogʻozi namlanishi 5mm dan kam boʻlishi[4]

Testning alternativlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu test bir asrdan koʻproq vaqt davomida foydalanib kelinayotgan boʻlsa ham, bir nechta klinik tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, koʻzlarida quruqlik boʻlgan bemorlarning katta guruhini toʻgʻri aniqlay olmaydi. Hozirda koʻz yoshi hosil boʻlishi va funksiyasini tekshirishning yangi va yaxshiroq sinovlari ishlab chiqilmoqda.

  • Shunday sinovlardan biri laktoferrin deb ataladigan temirni bogʻlaydigan molekulani oʻlchaydi. Ushbu molekulaning miqdori koʻz yoshi hosil boʻlishi bilan bogʻliq. Koʻz yoshi kam boʻlgan va koʻzlarida quruqlik boʻlgan bemorlarda bu molekulaning darajasi past boʻladi. Ushbu test koʻzlarida quruqlik boʻlgan bemorlar uchun ayniqsa kerakli boʻlishi mumkin, chunki u koʻz quruqligini davolashning oʻziga xos strategiyalarini koʻrsatishi mumkin.
  • Lakrimatsiya normada koʻz yoshlarida topilgan lizotsimning tarkibi uchun ham tekshirilishi mumkin.
  • Yana bir test koʻzga joylashtirilgan boʻyoqni oʻz ichiga olgan flüoresan koʻz tomchilarini qoʻllashni oʻz ichiga oladi. Boʻyoq 2 minut ichida lakrimal kanal orqali koʻz yoshlari bilan burunga tushishi kerak. Bemorlarda boʻyoqni burungacha kelishi uchun yetarli koʻz yoshlari boʻlmasa, bu vaqt uzoqroq boʻladi.

Koʻzning quruqligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koʻzlar quyidagi hollarda qurishi mumkin[5]:

Koʻz yoshining burunga oqib chiqa olmasligi quyidagi hollarda yuzaga kelishi mumkin:

  • Baʼzi koʻz infeksiyalari
  • Koʻz yoshi kanalining bloklanishi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Savini, Giacomo (March 2008). "The challenge of dry eye diagnosis". Clinical Ophthalmology 2 (1): 31–55. doi:10.2147/opth.s1496. PMID 19668387. PMC 2698717. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=2698717. 
  2. „Ophthalmologist and eponyms“.
  3. Brott, Nathan R. „Schirmer Test“,. StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  4. 4,0 4,1 Brott, Nathan R. „Schirmer Test“,. StatPearls. StatPearls Publishing, 2022. 
  5. Ervin, Ann-Margret; Law, Andrew; Pucker, Andrew D (26 June 2017). "Punctal occlusion for dry eye syndrome". Cochrane Database of Systematic Reviews 2017 (6): CD006775. doi:10.1002/14651858.cd006775.pub3. PMID 28649802. PMC 5568656. //www.pubmedcentral.nih.gov/articlerender.fcgi?tool=pmcentrez&artid=5568656.