Ektima

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Ektima (yun. — pustula, gʻudda), koʻz yara — terining yiringli kasalligi. Terining bilinarbilinmas chaqalangan, tirnalgan, shikastlangan joylariga mikroblar (streptokokk, stafilokokk) kirishidan paydo boʻladi. Aksari dumbaga, tizzaga chiqadi. Dastlab terida yiring yoki qon va yiring aralash suyuqlik toʻla pufakcha hosil boʻlib, bir necha kundan soʻng u qovjirab, poʻst bilan qoplanadi. Poʻst tushgach, oʻrnida chuqur, chetlari tikka, tubi notekis, yiring boylagan yara koʻrinadi. Yara 2—3 haftadan soʻng bitib, oʻrnida dogʻli chandiq qoladi. Organizm himoya quvvatining susayishi, vitaminlar tanqisligi, moddalar almashinuvining buzilishi E.ga sabab boʻlishi mumkin. Oldini olish uchun terining zararlangan joylarini oʻz vaqtida davolash zarur.