Kon'yunktivit

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kon'yuktivitlar

Qovoq shilliq qavatining yallig'lanish kasalligi
Oftalmologiya, Tibbiyot
KXK-10 H10
KXK-9 372.0
KXK-О 372.30[1], 372.39[2]
DiseasesDB [1]
MedlinePlus 001010

Konʼyunktivit — (Conjunctivitis) qovoqlar shilliq pardasi konʼyunktivaning yallig‘lanishi deyiladi. Konʼyunktivitlar o‘tkir kechadigan va surunkali xilda boʻladi. Ularning paydo boʻlish sabablari juda ko‘p va turlicha bo‘lib, eng k’p uchraydigan sabablari turli xil mikroorganizmlar va atrof-muhitning nojoʻya taʼsiri hisoblanadi.

Tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konʼyunktivitni etiologiyasi, patogenezi va keltirib chiqaruvchi sabablariga koʻra quyidagicha tasniflanadi:

Konʼyunktivitlar tasnifi
Etiologik nomlari Oʻtkir konʼyunktivitlar Surunkali konʼyunktiYitlar
Bakterial *Epidemik Kox-Uiks *Gonokokkli *Difteriyali *Psevdodifteriyali *Pnevmokkok *Streptokkokli Angulyar blefarokonʼyunktivit
Virusli Epidemik adenovirusli keratokonʼyunktivit *Traxoma *Paratraxoma
Allergik *Bahor konʼyunktiviti, *Fliktenali (silallergik), *Dorilar taʼsiridan *Pollinoz konʼyunktivitlari *Follikulyoz, *Follikulyar konʼyunktivitla
*Artefitsial *Kasbga aloqador konʼyunktivitlar Fizik va kimyoviy omillar (termik va nur taʼsiridan boʻladigan konʼyunktivitlar) Kataral konʼyunkdvit

Bu konʼyunktivitlarni qo‘zgʻatuvchi agentlar turlicha bo‘lsa ham bir xil belgilari o‘zaro oʻxshab turadi.

Oʻtkir konyunktivit klinik shakli

Oʻtkir epidemik konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir konʼyuktivitning tipik membranali klink shakli

Asosan Kox va Uiks diplobatsillasi vujudga keltiradi. Bu kasallik ko‘proq Markaziy Osiyo va tropik iqlimli yerlarda koʻp uchraydi. Bizning iqlimda bu konʼyunktivit aprel-may oylaridan boshlanadi va orada anchagina kamayib, yana avgust-sentyabr oylarida respublikaning chekka viloyatlarida paydo bo‘lib, xuruj qilishi mumkin, chunki u oylarda havo juda issiq bo‘lib, issiqda terlash, chang vaqtida qo‘l yuvmaslik, umumiy sochiq, yostiq jildi, gigiyenik vositalar va yana pashshalar orqali yuqib odamdan-odamga o‘tavergan. Ayniqsa, ko‘proq bolalar va qariyalar kasallanishi mumkin. Bu konʼyunktivit avval bir ko‘zda boshlanib, keyin tezgina ikkinchi ko‘zga o‘tadi. Kasallikning quidagi asosiy klinik belgisi bor.

  1. Shilliq parda juda ko‘p qizarib, shishib, qalinlashadi. Ko‘z soqqasi kon’yunktivasi ham shunchalik shishadiki, u ikkala qovoq orasida qisilganda, uning qon tomirlari torayib, rangi oqaradi. Shuning uchun shox pardadan burun va quloq tomonda u ikkita rangi oqargan uchburchak sifatida ko‘rinadi. Ikkinchi simptomi -

10-12 soatdan so‘ng ko‘zdan juda ko‘p quyuq yiring chiqa boshlaydi va uchinchi simptomi ko‘z yuqori segmenti konʼyunktivasi ustiga mayda-mayda qon quyiladi. Qovoqlar ham shishadi. Bemorning organizmi quvvatsiz bo‘lsa, uning umumiy ahvoli og‘irlashib isitmasi ko‘tariladi. Aʼzoyi badani og‘rib lohaslanadi. Shu belgilarni ko‘rgan umumiy shifokor tashxis qo‘ya oladi. Chunki bu kasallikning yana bir belgisi bemor ertalab uyqudan turganda uning qovoqlari qotib, yiring bilan yopishib qolgani uchun u ko‘zini ocholmagani ham o‘ziga xos belgi bo‘ladi.

  1. . Bemor o‘z vaqtida davolanmasa kasallik 2-4 haftagacha cho‘zilib, uning ko‘z shox pardasi zararlanib yaralanish asoratini berib, ko‘rlikka olib borishi mumkin. Bemor batsilla tashuvchi bo‘lib qolishi mumkin. Bu kasalga Ibn Sino Osiyo oftalmiyasi deb nom bergan. Hozirgi vaqtda Respublikamizda sog‘liqni saqlash islohlanib

butun shahar- qishloqlarda oliy darajali kadrlar yangi davolanish binolari, asboblari bilan taʼminlangan. Shuning uchun yuqorida yozilgan konʼyunktivitlar juda ham kam uchrashi mumkin[3].

Gonoblenoreya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir konʼyunktivitning gonokokk qoʻzgʻatuvchilari keltirib chiqargan shakli

Gonoblenoreya (Gonoblenorhoeae) — gonokkok qoʻzgʻatuvchilarining qovoq shilliq qavatiga tushishi va yalligʻkanish holatini keltirib chiqarishiga aytiladi . Kasallik ko‘pincha chaqaloqlarda va katta odamlarda ham uchrashi mumkin. Bu kasallik deyarli barcha hududlarda koʻp va tez-tez uchraydi va koʻpincha shifoxona ichi infeksiyasiga olibkeladi.

Klinkasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chaqaloqlar tug‘ilish paytida kasal onadan Neisser gonokokkini yuqtiradi va 2-3 kundan so‘ng uning ko‘zi qizaradi, qovoqlari qattiq shishadi va ko‘zidan qizg‘ish yuvindi (go‘sht ivindisiga o‘xshash) suyuqlik chiqa boshlaydi, uning qovoqlari qattiq shishgandan ko‘kimtir tus oladi va juda taranglashib ochilmay qoladi. Ularning ikkala ko‘z shilliq pardasi ham qizarib shishadi va tez qonaydigan bo‘ladi. Shu vaqtda chaqaloqning ahvoli nihoyatda og‘ir, isitmasi baland, ema olmaydi, uxlamay g‘ingshib chiqadi. 3-4 kundan keyin qovoqning shishi kamayib, u yumshab salqib qoladi va ko‘zdan juda ko‘p sarg‘ish, quyuq yiring chiqaveradi. Baʼzida bunday shish shox pardaga tazyiq berib, unda moddalar almashinuvini buzadi, epiteliysi yiring bilan tirnalib, xiralanadi va hattoki yaralanishi ham mumkin. Bu yara bitib tuzalgan taqdirda shox pardada chandiq paydo bo‘lib, ko‘z ko‘rmay qoladi yoki uning o‘rtasida paydo bo‘ladigan sap-sariq yiringli yara yorilib, infektsiya ko‘zning ichiga ham kirib boradi. Bunda ko‘z ichki pardalari yalligʻlanib, endofialmit panoftalmitga aylanishi mumkin. Yosh bolalarda ham klinik koʻrinish shu tariqa bo‘lib, yana og‘irroq bo‘lishi mumkin. Katta odamlar ko‘ziga infektsiya ularning gigiyenasiga ahamiyat bermaganidan oʻtadi. Bular esa bu kasallikdan yana koʻproq qiynalishadi. Ko‘pincha ularda isitma koʻtariladi, butun aʼzoi badani og‘rib, yuragi ham zararlanadi, qo‘l-oyoqlari qattiq og‘riydi. Koʻz zararlanishi klinikasi oldingilarnikiga o‘xshasa ham, lekin og‘irroq o‘tib, shox pardada chandiq yoki u yorilib ko‘z puchayib qolishi mumkin[4].

Diagnosikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tashxis qo‘yish kasal koʻzining klinik koʻrinishi va bakteriologik tekshirib gonokokkni aniqlash asosida bo‘ladi. Shuningdek, klinik belgilar, anamnez maʼlumotlar va instrumental diagnosika tkshiruvlari asosida kasallkni turi aniqlanadi. Zaruriyat boʻlganda qoʻshimch tekshiruvlar olib boriladi

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davolash ko‘zni marganes tuzi eritmasi, furatsillinning eritmasi bilan har soatla yuvish, ko‘zga penitsillinning (500000:1,0 g) eritmasini, 30% sulfatsil natriy eritmasini tez-tez tomizish, kechalari esa ularning quruq poroshogini bir marta sepaverish bilan davolanadi. Chaqaloq, yosh bola va kattalarga parenteral penitsillin, linkomitsin va boshqalarning katta dozasini qoʻllash kerak va umuman bosh og‘rig‘i, isitmani tushiruvchi dorilar, vitaminlar beriladi. Ko‘zning bu og‘ir kasalligi qancha erta aniqlanib, davolash tezlik bilan boshlansa, kasallik asorati kam bo‘ladi. Profflaktika uchun hozirgi vaqtda yangi tug‘ilgan bola ko‘ziga tezlik bilan 20°/" natriy sulfatsidi yoki penitsillinning (50000:1,0 mlda) eritmasidan tomizish zarur. Homilador ayollarni esa ayollar maslahatxonasida obdon tekshirib davoalsh shart. (Umuman profilaktika keng qo‘llanganidan bu kasallik hozir juda kam uchraydi)[5].

Difteriyali konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xlamidiyali konʼyunktivitning klinik shahli

Difteriya konʼyunktiviti — Leffler batsillasi qo‘zg‘atadi. Ko‘pincha u ko‘zga tomoq. Burun orali o‘tadi. lsitma ko‘tarilishi va atrof limfa bezlarining og‘rib kattalashuvi qatorida qovoqlar shishib qizaradi, taranglashib ogʻriydi. Ko‘z tirqishidan kulrang loyqalangan ingichka ipchalari bor suyuqlik chiqadi. Qovoq qirralari va shilliq pardasining koʻrinishi mumkin bo‘lgan qismiga o‘ziga xos kulrang-ko‘kimtir qalin qavat yopishgan boʻladi. Bu qavatni ozgina yulib olinganda. uning o‘rnidagi qip-qizil shilliq parda qonay boshlaydi va borib-borib shu joylarda nekroz paydo bo‘lib, ostidan yiring yig‘ilgan boʻladi va bu 2-3 haftadan keyin chandiqlanish bilan tugaydi, simblefaron ham paydo bo‘ladi. Qattiq shishgan qovoqlar ostidagi shox pardada modda almashinuvining buzilishi va toksinlarning taʼsirida yallig‘lanish paydo bo‘ladi. Bunga dona-dona infiltrat va tirnalish o‘rni paydo bo‘lishi xos. Baʼzida shox pardadagi yara yorilib, endoftalmit. panoftahnit natijasida ko‘z nobud bo‘ladi[6].

Tashxislash[tahrir | manbasini tahrirlash]

To‘g‘ri tashxis qo‘yish uchun bemorning tomog‘i, burnini ham tekshirish, ko‘zning zararlanish klinikasiga katta ahamiyat berib, kasalning asosiy belgisi, kulrang koʻkimtir karakni (parda) tekshirish va uni boshqa — pnevmokokk va virusli konʼyunktivitga ham xos bo‘lgan yupqa, oqish karakka solishtirib koʻrish zarur. Umuman difteriya va uning konʼyunktiviti hozir juda kam uchraydi, chunki bu kasalga qarshi asosan hamma yosh bolalar emlanadi[7].

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davolashda asosan difteriyaga qarshi zardobdan Bezredko usuli bilan 6000-12000 TB yuboriladi. Qolgani oldingi yallig‘li konʼyunktivitlarga qo‘llangan usul bilan bajariladi. Oʻtkir yuqumli konʼyunktivitlardan biri streptokokk, stafilokokk va pnevmokokklar orqali vujudga keladiganidir. Bunday konʼyunktivitlar o‘rtacha o‘tkir boshlanib, bir oz surunkali davom etadi. Bemor ko‘zidan oz-moz qichishish va nomaʼlum „xalaqit“ sezadi. Ko‘z tirqishining burun tomonida bir nuqta yo sarg‘ish yoki kulrang modda ko‘rinadi. Konʼyunktia bir oz qizargan bo‘ladi. Agar qo‘zg‘atuvchisi pnevmokokk bo‘lsa. unda ustki qovoqning bir oz qizargan shillig‘i ustida oqish yupqa parda-plenka paydo bo‘ladi, uni juda yengil ajratib olish mumkin, chandiq qoldirmaydi va qonamaydi. Shu xususiyatlari bilan difteriyadan farqlanadi. Davolash uchun yuqorida yozilgan tomchi dorilardan 8-10 kundan 3 martadan tomiziladi[8].

Oʻtkir virusli konʼyunktivitlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻtkir virusli konʼyunktivitlar hamma oʻtkir konʼyunktivitlar uchun xos simptomlardan tashqari yana bir necha oʻziga xos belgilar bilan ham xarakterlanadi:

  1. Juda o‘tkir va tez yuqadi.
  2. Qovoq va ko‘z soqqasi shilliq pardasida infiltrat va follikulalar paydo boladi.
  3. Shox pardada ham koʻpincha mayda va yuza joylashgan infiltrat boʻlishi va uning sezgirligi susayishi mumkin.
  4. Ko‘pincha quloq oldi limfa bezlari kattalashadi va paypaslaganda ogʻriydi.
  5. Qovoqlar tirqishi chiqindisining juda kamligidir.

Adenovirusli konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adenovirusli konʼyunktivit — adenoviruslar keltirib chiqaruvchi konʼyunktivit (faringokonʼyunktivit). Bu konʼyunktivitining uch xil belgisi bor[10].

Klinikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu el uvishib, isitma chiqishi, faringit va yiringsiz follikulli konʼyunktivitlardir. Bu kasallikning 3,5 va 7 serotip adenoviruslar kontakt va havo-tomchi yo‘li orqali yuqtiradi va 7-8 kunlik inkubatsion davridan keyin kasallik boshlanadi. Bemorning issigʻi koʻtariladi, tumov belgilari bo‘ladi, iyak osti bezlari kattalashadi. Orada isitma bir normaga tushib, yana qayta ko‘tariladi va konʼyunktivit ham boshlanib, avvalo bir ko‘zda, soʻngra 2-3 kun orasida, ikkinchisiga oʻadi. Qovoqlar shishadi va ozgina shilimshiq va shilimshiq aralash yiring paydo bo‘ladi. Ular kataral pardali va follikulli boʻladi.

Katar konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Katar ko‘rinishidagi turi koʻproq uchrab, konʼyunktivaning qovoq va ko‘z soqqasi sathiga o‘tadigan joylarida bir oz shish va qizarish boladi va ozroq shilimshiq-yiringli suyuqlik chiqib yengil o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu 5-6 kun davom etib, bemor 10-15 kunda tuzalib ketadi.

Pardali konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pardali ko‘rinishi anchagina kamroq uchraydi. Pardachasi nozik, oq-kulrang boʻlib, tortganda oʻrnidan beozor koʻchaveradi. Difteriyadan farqli oʻlaroq rangi koʻkimtir bo‘lmaydi. Lekin baʼzida bir oz qonashi mumkin. Bunda shox pardada mayda-mayda nuqtali shaklidagi infiltrat paydo bo‘ladi-yu, tez soʻrilib ketadi[11].

Folikulli konʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Folikulli ko‘rinishida konʼyunktivaning togʻay va ko‘z soqqasiga o‘tadigan joyida follikulalar paydo bo‘ladi. Koʻpincha bu follikullar mayda-mayda bo‘lib, qovoq konʼyunktivasining bir oz qizarib shishgan ichki va tashqi burchagida joylashadi. Baʼzida esa katta-katta yarim tiniq, yaxnasimon follikullar konʼyunktivada va uning koʻz soqqasiga o‘tar joyida koʻp bo‘ladi. Lekin buning traxomadan farqi shundaki, bunda follikulalar qizgʻish va chetlari aniq maʼlum qirrali boʻladi va traxomali bemorda isitma, tumov boʻlmaydi.

Epidemik keratokonʼyunktivit[tahrir | manbasini tahrirlash]

Epidemik (virusli) keratokonʼyunktivitni juda kontagioz 8 serotip virus qoʻzgʻatadi. Inkubatsion davri davomli. Ko‘pincha katta odamlarga yuqadi. Odamdan odamga umumiy ishlatiladigan buyumlar, zararlangan koʻz tomchisi va tomizgichlari, qoʻlini sovunlab yuvmagan tibbiy hamshiralar va boshqalar orqali yuqib, butun bir oila aʼzolari yoki turli ishchilar jamoasi kasallanadi. Kasallik tumovga o‘xshab sovuq tushgan faslda tez vaqt ichida boshlanib, bcmorlar o‘z kozida halaqit, yoshlanish, qizarish sezadi, ozroq shilimshiq-yiring chiqadi. Sinchiklab tekshirganda bundan oldingi konʼyunktivitdagiga olxshash o‘zgarishlar topiladi. Bunda pastki qovoq shilliq pardasida va uning ko‘z soqqasiga o‘tar joyida ko‘p mayda-mayda, tiniq va qizg‘ish follikullar paydo boʻladi. Baʼzida juda nozik pardacha bo‘lishi mumkin va ko‘zda ozgina yiringsiz chiqindi bo‘ladi. Quloq oldi limfa bezlari va jag' osti limfa bezlari kattalashadi, og‘riydi. Bemorning boshi og‘riydi, uyqusizlik bo‘lishi mumkin. Biron haftadan so‘ng umumiy ahvoli yaxshilanib, shox pardada ko‘p tarqalgan, tartibsiz joylashgan ko‘p sonli mayda-mayda xiralanish nuqtalari paydo bo‘lishi, ko‘z yoshi oqishi, ko‘z qamashuvi bilan boshlanadi. Shox pardaning sezgirligi kamayadi. Bu holat 1-2 hafta davom etib, 7-8 haftadan keyin asoratlarsiz tuzalib ketadi va immunitet qoldiradi.

Davolash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viruslarga qarshi dorilar florenalning 0,1% li eritmasi 4-5 marta, uning 0,5% 1 malhamidan kuniga 2-3 marta, 0,1-0,2% oksalin eritmasi va uning 0,25% malhami quyiladi. Poludannin 4% eritmasidan 2-3 martadan tomiziladi. Bemorga umumiy quvvat beradigan vitaminlar, aloedan 10-15 kun berish mumkin. Davolash viruslarga qarshi dorilarni ko‘zga tomizishdan va antibiotiklar, vitaminlarni qo‘llashdan iborat[12].

Profilaktikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Profilaktikasi shu konʼyunktivitni yuqtirgan kasallarni va u bilan birga boʻlgan odamlarni boshqalardan ajratish, ularni davolash uchun ishlatiladigan asbob-uskunalarni ayrim saqlab, obdon sterillash lozim. Tibbiy xodimlar shaxsiy gigiyena qoidalariga juda qattiq eʼtibor berishlari zarur[13].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. база данных Disease ontology (англ.) — 2016.
  2. Monarch Disease Ontology release 2018-06-29sonu — 2018-06-29 — 2018.
  3. OʻGallagher M, Banteka M, Bunce C, Larkin F, Tuft S, Dahlmann-Noor A (May 2016). „Systemic treatment for blepharokeratoconjunctivitis in children“. The Cochrane Database of Systematic Reviews. 2016 (5): CD011750. doi:10.1002/14651858.CD011750.pub2. PMC 9257284. PMID 27236587.
  4. Isenberg SJ, Apt L, Valenton M, Del Signore M, Cubillan L, Labrador MA, et al. (November 2002). „A controlled trial of povidone-iodine to treat infectious conjunctivitis in children“. American Journal of Ophthalmology. 134 (5): 681-8. doi:10.1016/S0002-9394(02)01701-4. PMID 12429243.
  5. Ratsionalnaya farmakoterapiya v oftalmologii: Ruk. dlya praktikuyuщix vrachey / Ye. A. Yegorov, V. N. Alekseev, Yu. S. Astaxov, V. V. Brjevskiy, A. F. Brovkina i dr.; pod obщ. red. Ye. A. Yegorova. — M.: Litterra, 2004. — 954 s. Ratsionalnaya farmakoterapiya: ser. ruk. dlya praktikuyuщix vrachey t. 7
  6. Hamidova M. N.. Koʻz kasalliklari, 2006, 109 bet.
  7. Gilbert ML, Osato MS. Tobramycin in ophthalmology Arxivnaya kopiya na Wayback Machine. — Surv Ophthalmol. 1987 Sep-Oct;32(2):111-22. — PMID 3317953
  8. Rojko, Yu. I. Konʼyunktiviti: prakticheskoe posobie dlya vrachey / Yu. I. Rojko, Ye. A. Tarasyuk, A. A. Rojko. — Gomel: GU „RNPTs RM i ECh“, 2016. — 124 s.
  9. Обнаружен новый симптом коронавируса Архивная копия от 24 октября 2020 на Wayback Machine (Конъюнктивит может быть одним из симптомов заражения коронавирусом. Об этом предупредила Американская академия офтальмологии), на сайте НТВ, 28.03.2020.
  10. M. N. Hamidova Oftalmologiya, 2006-yil, „Zar — qalam“ — 113 bet.
  11. Wilhelmus KR, Gilbert ML, Osato MS. Tobramycin in ophthalmology Arxivnaya kopiya ot 12 fevralya 2019 na Wayback Machine. — Surv Ophthalmol. 1987 Sep-Oct;32(2):111-22. — PMID 3317953
  12. Ratsionalnaya farmakoterapiya v oftalmologii: Ruk. dlya praktikuyuщix vrachey / V. V. Brjevskiy, A. F. Brovkina i dr.; pod obщ. red. Ye. A. Yegorova. — M.: Litterra, 2004. Ratsionalnaya farmakoterapiya: ser. ruk. dlya praktikuyuщix vrachey t.
  13. Yegorov Ye. A., Astaxov Yu. S., Stavitskaya T. V. Oftalmofarmakologiya. — M. : GEOTAR-MYeD, 2004. — 463 s. Arxivnaya kopiya ot 22 dekabrya 2018 na Wayback Machine