Odam koʻzi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Odam koʻzi — odamning koʻruvchi juft sezgi organi. Odam koʻzi boshning tepa old qismida joylashgan boʻlib, uning atrofida qosh, qoboq, kipriklar joylashgan. Ushbu aʼzolar mimikada faol ishtirok etadilar. Odam koʻzining ishlash prinsipi yorugʻlikning miqdori bilan chambarchas bogʻliq.

Tuzilishi[tahrir]

Odam koʻzi ko'z olmasi, koʻrish nervlari va yordamchi organlar(qoboq, qosh, kiprik, koʻz olmasi mushaklari)dan tashkil topgan. U har xil yoʻnalishda bemalol aylana oladi: vertikal (tepaga va pastga), gorizontal (oʻngga va chapga) kabi. Odam koʻzi atrofida 3 juft mushaklar joylashgan boʻlib, 4 tasi toʻgʻri (tepa, pastki, ichki va tashqi) va 2 tasi egri (ustki va ostki) taraflarga harakatlantiruvchi mushaklardir. Bu mushaklarni miyadan keluvchi signallar boshqaradi. Tashqi tuzilishi Odam koʻzining tashqi tarafidan faqat eng kichik va eng boʻrtib turgan joyi — ko'z gavhari va uni oʻrab turuvchi ozgina joyi koʻrinadi xolos. Qolgan asosiy qismi koʻz soqqasi ichida turadi. Koʻz unchalik toʻgʻri boʻlmagan shar formasida boʻlib, katta yoshli odamlarning koʻzining hajmi 7,448 sm³, ogʻirligi esa 7-8 gramm keladi. Odam koʻzining kattaligi barchada bir xil boʻlib, bir necha millimetrgagina ulushigagina farq qiladi.

Koʻz kasalliklari[tahrir]

Koʻz kasalliklarini oʻrganuvchi fan oftalmologiya deb ataladi. Koʻzni shikastlovchi koʻplab kasalliklar mavjud boʻlib, ular boshqa kasalliklar (masalan qandli diabet) bilan surunkali ogʻrish orqali ham yuzaga kelishi mumkin. Koʻz kasalliklarining baʼzi turlari: