Shimoliy Koreya yadroviy sinovi (2013)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Hodisa haqida infografika

2013-yil 12-fevralida Shimoliy Koreya yadroviy qurol yerosti sinovini oʻtkazganini maʼlum qildi.[1] Bu Shimoliy Koreya oʻtkazgan uchinchi sinov boʻldi. Yadroviy bomba portlashidan vujudga kelgan zilzila magnitudasi 5,1 boʻldi va Qamrovli Yadroviy Sinovlarni Taqiqlash Shartnomasi Tashkiloti Tayyorlov Komissiyasi[2] hamda AQSh Geologik Xizmati[3] tomonidan aniqlandi. Janubiy Koreya Mudofaa Vazirligi portlash kuchi olti-yetti kilotonna boʻlganini eʼlon qildi.[4][5][6][7]

Shimoliy Koreya hukumati Xitoy va AQShni boʻlajak sinov haqida oldindan ogohlantirgan edi.[8]

Xalqaro javob[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro hamjamiyat voqea yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirdi.

  • Avstraliya (davlat): Avstraliya Bosh Vaziri Julia Gillard Avstraliya hukumati Shimoliy Koreya tomonidan oʻtkazilgan yadroviy sinovni qattiq qoralashini bildirdi.[9]
  • Qoʻshma Shtatlar: AQSh Prezidenti Barack Obama sinovni xoinona va mintaqa barqarorligiga rahna soluvchi harakat, deb atadi.[10] U AQSh va uning ittifoqdoshlarini himoyalash yoʻlida ishlar olib borishini bildirdi.[11]
  • Birlashgan Qirollik: Buyuk Britaniya Tashqi Ishlar Kotibi William Hague bunday amallar Koreya yarimorolida osoyishtalik oʻrnatilishiga toʻsqinlik qiladi, dedi.[12]
  • Eron: Eron Tashqi Ishlar Vazirligi vakili Ramin Mehmanparast barcha yadroviy qurollar yoʻq qilinishi kerak, dedi.[13]
  • Fransiya: Fransiya Prezidenti François Hollande sinovni qattiq qoralashini va BMT Xavfsizlik Kengashi bilan birgalikda javob amallarini ustida ishlashga roziligini bildirdi.[14]
  • Hindiston: Hindiston Tashqi Ishlar Vazirligi Shimoliy Koreyani mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka rahna soluvchi bunday amallardan oʻzini tiyishiga chaqirdi.[15]
  • Isroil: Isroil Tashqi Ishlar Vazirligi KXDR olib borayotgan bu ishlar ustidan xalqaro hamjamiyat tomonidan keskin choralar koʻrilishi lozim, deb bayonot qildi.[16]
  • Kanada: Kanada Tashqi Ishlar Vaziri John Baird Shimoliy Koreyaning bu sinovi mintaqaviy tinchlik va xavfsizlikka xatar solishini aytdi.[17]
  • Germaniya: Olmoniya Tashqi Ishlar Vaziri Guido Westerwelle sinovni qattiq qoraladi va xalqaro hamjamiyatni Shimoliy Koreyaga nisbatan keskinroq choralar koʻrishga chaqirdi.[18]
  • Oʻzbekiston: Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi „Jahon“ axborot agentligi 14-fevral kuni Shimoliy Koreyada yadroviy sinovlar oʻtkazilganini xavotir bilan qarshi oldi.[19] „Oʻzbekiston rasmiy Pxenyanni jahon jamoatchiligining fikriga quloq tutishga va bundan keyin keskinlikni oshirishga va Koreya yarim orolida tinchlik va ishonch oʻrnatilishiga halal beradigan provokatsion harakatlardan tiyilishga qatʼiy chaqiradi“, — deya qoʻshimcha qilingan agentlik xabarida.[20]
  • Rossiya: Rossiya Shimoliy Koreyani bu sinovi bilan xalqaro majburiyatlarni buzgani uchun qatʼiyan qoralashini bildirdi.[21]
  • Turkiya: Turkiya Tashqi Ishlar Vazirligi Shimoliy Koreya BMT XK 1718, 1874 va 2087 raqamli qarorlarini buzganini va bunday amallarni qoralashini bildirdi.[22]
  • Xitoy: Xitoy Tashqi Ishlar Vaziri Yang Jiechi Xitoy Xalq Respublikasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi oʻtkazgan yadroviy sinovga keskin qarshiligini bildirdi.[23]
  • Yaponiya: Yaponiya Bosh Vaziri Shinzō Abe sinovni chidab boʻlmas jiddiy tahlika, deb atadi.[24]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „КХДР ядровий синовлар ўтказилганини расман тасдиқлади“. kun.uz. 16-Fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-fevral 2013.
  2. „Press Release: On the CTBTO's detection in North Korea“. CTBTO. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  3. „M5.1 Nuclear Explosion - 24km ENE of Sungjibaegam, North Korea“. Earthquake Hazards Program. United States Geological Survey (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  4. „North Korea Tremor Arouses Suspicion of Nuclear Test“ (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  5. „M5.1 – 24km ENE of Sungjibaegam, North Korea“. USGS (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  6. „China joins U.S., Japan in condemning North Korea nuclear test“ (12-fevral 2013-yil). 24-sentabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  7. MacLeod, Calum. „Obama calls North Korea nuclear test a threat to U.S.“ (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  8. „Шимолий Корея ядровий синовлар тўғрисида Хитой ва АҚШни огоҳлантирди“. kun.uz. 15-Fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 13-fevral 2013.
  9. „Australia condemns North Korea's nuclear test“. Deccan Herald (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  10. MacLeod, Calum. „U.N. condemns North Korea nuclear test, promises action“ (Ingliz) (12-fevral 2013-yil). Qaraldi: 13-fevral 2013-yil.
  11. „Obama says N. Korea's nuke test 'highly provocative,' vows actions to defend U.S. and allies“. Yonhap News. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  12. „A violation of UN resolutions': William Hague condemns North Korea nuclear test“.
  13. Yeganeh Torbati. „Iran calls for end to nuclear arms after North Korean test“ (12-fevral 2013-yil). 23-oktabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  14. „France's Hollande condemns North Korean nuclear test“. Reuters. 26-Noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  15. „Reaction to North Korea's Test of a Nuclear Device“. ABC. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  16. arxiv nusxasi, archived from the original on 2013-02-15, https://web.archive.org/web/20130215083507/http://www.reuters.com/article/2013/02/12/us-korea-north-israel-idUSBRE91B0ZD20130212, qaraldi: 2013-02-13 
  17. „World leaders condemn North Korea’s nuclear test“. 12-fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  18. „Germany condemns North Korea test, wants new sanctions“. Reuters. 26-Noyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  19. „Ўзбекистон КХДРнинг ядровий синовлари юзасидан хавотирини билдирди“. kun.uz (14-fevral 2013). 28-Sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 15-fevral 2013.
  20. Сообщение информационного агентства «Жахон», archived from the original on 2013-10-10, https://web.archive.org/web/20131010054628/http://www.jahonnews.uz/rus/ia_jaxon/soobsheniya_zayavleniya/soobshenie_informaionnogo_agentstva_jaxon55.mgr, qaraldi: 2013-02-15 
  21. „Russia 'decisively condemns' nuclear test“. itv.com. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  22. „Turkey: Korea's nuclear test deepens concerns“. Today's Zaman. 13-Fevral 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-fevral 2013-yil.
  23. „China opposes DPRK's nuclear test“.
  24. North Korean nuclear test draws anger, including from China, archived from the original on 2015-09-24, https://web.archive.org/web/20150924175347/http://www.reuters.com/article/2013/02/12/us-korea-north-idUSBRE91B04820130212, qaraldi: 2013-02-13 

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]