Sheroz (Samarqand)
Qiyofa
Sheroz — Samarqand shahridan sharqda (hozirgi Samarqand viloyati, Bulungʻur tumani hududi) joylashgan qishloq.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sheroz qishlogʻi XIV asr oxirida Amir Temur tomonidan asos solinib, Erondagi mashhur shahar Sheroz sharafiga qoʻyilgan[1]. 1405-yil mart oyida Sheroz qishlogʻida Amir Temur vasiyatini buzgan samarqandlik mansabdorlar tomonidan taxt vorisi sifatida Xalil Sulton kutib olinadi[2]. Aynan mana shu qishloqda 1409-yil 30-martida Xalil Sulton sarkarda Xudoydod Husayniy tomonidan asirga olingan[3].
1451-yil 10-iyunda Sheroz qishlogʻi yaqinidagi Qatvon dashtida temuriylar Abu Said va Abdullo Mirzo oʻrtasida taxt uchun kurash boʻlib oʻtib, jangda Abdullo Mirzo magʻlubiyatga uchraydi va Abu Said buyrugʻiga koʻra qatl etiladi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 62
- ↑ Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 76
- ↑ Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 88
- ↑ Vasiliy Bartold. Sochineniya. 1964, s. 164
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Vasiliy Bartold. Sochineniya, 2-tom, 2-qism (rus tilida), Moskva: Nauka [1964] — 661-bet.