Abdullo Mirzo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abdullo Mirzo (1433–1451) – Movarounnahr hukmdori (1450–1451). Temuriylardan. Ulugʻbekning ukasi Ibrohim Mirzoning kenja oʻgʻli. Otasi vafotidan soʻng, Fors viloyatiga hokim qilib tayinlangan. Biroq u hali yosh boʻlgani sababli davlat ishlarini onasi Ruqiya begim bilan otabek Shamsuddin Sheroziy boshqargan. 1447-yil amakivachchasi Sulton Muhammad Mirzo Fors viloyatini bosib olgach, Hirotga qochib kelgan. 1448-yil esa amakisi Ulugʻbekning xizmatiga kirib, uning qiziga uylangan. Abdullatifdan keyin Movarounnaxr taxtiga oʻtirgan. Ammo toju taxt daʼvogari Sulton Abu Said Mirzoga qarshi jangda halok boʻlgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil