Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi So‘fiy

Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy(arabcha:الشيخ برخاني الدين صوغارجي — Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy — Toʻliq ismi:Shayx Burhoniddin ibn Alouddin Sog‘arjiy(XII-XIII asrlarda yashagan)) — So‘fiy.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalarda Burhoniddin Sog‘arjiyning yashagan davri haqidagi maʼlumotlar turlicha keltirilgan. B. Valixo‘jaevning „Xoja Ahror tarixi“ risolasida uning XIV asrda umr kechirganligi haqidagi maʼlumot keltirilgan bo‘lsa, I.Suvonqulovning „Samarqand qadamjolari“ nomli risolasida allomaning XII-XIII asr boshida yashagan deb keltirilgan. O‘z. ME.da esa Sog‘arjdan bir qancha ulamolar chiqqan (masalan xalifa Umar ibn Xattob naslidan bo‘lgan yirik ulamolardan shayx Burhoniddin Sog‘arjiy, XII asr) — deb keltirilgan. Shayx Burhoniddin Sog‘arjiy X asrda Somoniylar davrida yashab, avliyolikda Qutb pog‘onasiga ko‘tarilgan zotdir. Amir Temur o‘ziga maʼnaviy pir deb qabul qilgan. Shayx Burhoniddin Sog‘arjiyning nasli nasabi Hazrati Umar ibn Xattob (r.a.)ga borib taqaladi - deb keltirilgan. Shayx Burhoniddin Sog‘arjiyni Amir Temur o‘ziga maʼnaviy pir deb qabul qilganligi barchaga maʼlum, lekin Amir Temur u zotni ko‘rmagan. Chunki, Amir Temur Shayx Burhoniddin Sog‘arjiydan keyin 1336-1405-yillarda hayot kechirgan. Shunga asoslanib Shayx Burhoniddin Sog‘arjiyni XI-XII asrlarda yashaganligi haqiqatga yaqin desak xato bo‘lmaydi. Shayx Burhoniddin Sog‘arjiyning ustozlari, shogirdlari va ilmiy meroslari haqidagi maʼlumotlar yozma manbalarda uchramadi. Uning qabri Samarqandda, Amir Temur maqbarasining shimolida joylashgan, qoraxoniylar davriga oid chorqirra shaklidagi gumbazli „Ruhobod“ maqbarasida bo‘lib, ulug‘vor bu obidani XIV asrning 80-yillarida Amir Temur tasavvufning ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Burhoniddin Sog‘arjiy va uning avlodlari sharafiga qurdirgan. Mana shu tarixiy joy ham asrlar davomida ko‘zdan panada, qarovsiz qolib kelayotgan edi.[1] Endi bu obida ham Samarqanddagi boshqa tarixiy-madaniy yodgorliklar singari o‘zining ikkinchi umrini yashamoqda. Atrofi toza-ozoda, obodonlashtirilgan bu maskan endi ziyoratchilarning qadami uzilmaydigan go‘shaga aylandi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 614.