Elberta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Elberta — oʻrtapishar xoʻraki shaftoli navi. AQShda yaratilgan. Xitoy Chaynez King shaftoli navi urugʻkoʻchatini sariq etli shaftoli (Krauford chillakisi) navi bilan changlantirib chiqarilgan, deb taxmin qilinadi. Dogʻiston, Ukraina, Qozogʻiston, Gruziya, Ozarbayjon, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Tojikistonda ekiladi. Tupi kuchli oʻsadi, daraxtining boʻyi baland, shoxshabbasi oʻrtacha, sharsimon. Gullari mayda, ikki jinsli, qizgʻishpushti rang. Mevasi vazni oʻrtacha 140— 150 g (350—400 g gacha), dumaloq ovalsimon, poʻsti qalin, tuki kam, etidan oson archiladi, eti sariq, mazasi nordon-shirin, sersuv, tarkibidagi qand miqdori 12—13%, nordonligi 0,75%. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi va konserva qilinadi. Tashishga chidamli. 1959-yilda Oʻzbekistonning hamma viloyatlari uchun rayonlashtirilgan.