Sfiha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sfiha

Sfiha yoki sviha (arabcha: صفيحة) — qiyma goʻsht, koʻpincha, qoʻy goʻshti bilan pishirilgan, piyoz, pomidor, kedr yongʻogʻi va ziravorlar qoʻshilgan chalpaklardan iborat taom. Manakish va lahmajun bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan Shom anʼanaviy taomi[1].

Sfiha Braziliyada esfiha yoki esfirra nomi bilan mashhur boʻlib, u yerga Suriya va Livanlik muhojirlar tomonidan olib kelinganidan keyin ommalashdi[2][3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chalpaklar Shom va Hosildor yarim oy mintaqasida tarixdan oldingi davrlardan beri mavjud. Ular tosh, metall plitalar, tabun pechlari yoki tandir kabi issiq yuzalarda pishirilgan. Oʻrta asrlarda arab dunyosida gʻishtli pechning rivojlanishi bilan ustiga yoki ichiga masalliq solib yopib pishiriladigan turli-tuman non turlari, jumladan, sfiha ham paydo boʻldi. Bu nonlar Usmonli imperiyasi boʻylab tarqaldi.

Braziliyada esfiha XX-asrning oxirida mashhurlikka erishdi va shundan beri eng mashhur tezpishar taomlardan biriga aylandi[3].

Asosiy ingrediyentlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Har bir oilaning goʻshtga nima qoʻshish boʻyicha oʻz taʼbi bor. Livanda asosiy ingrediyentlar quyidagilardir: goʻsht, piyoz, pomidor, kedr yongʻogʻi, tuz, qalampir va dolchin, totim yoki anor shinnisi kabi taʼm bergichlar. Baalbek viloyati, ayniqsa, sfihasi[4] bilan mashhur. Suriya[5], Falastin[6][7] va Iordaniyada[8] sfiha xuddi shunday oʻtlar va ziravorlardan tashqari qiyma yoki qoʻy goʻshtidan pomidor, piyoz va boshqa ingrediyentlar qoʻshib tayyorlanadi.

Braziliyadagi Esfiha pechda pishiriladi va diametri taxminan 4 duym boʻlgan goʻshtli non[9] koʻrinishida yoki uchburchak xamirga oʻralgan shaklda boʻlishi mumkin. Ular pishloq, tvorog, qoʻy-mol goʻshti yoki sabzavotlarni oʻz ichiga olgan turli qoʻshimchalarga ega boʻlishi mumkin.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. The World's Best Street Food: Where to Find it & How to Make it. Lonely Planet, 1-avgust 2012-yil. ISBN 978-1-74321-664-4. 
  2. „Gramatica atualizada“ (pt). Dicionario e gramatica. (2015-yil 27-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  3. 3,0 3,1 Another Arabesque: Syrian-Lebanese Ethnicity in Neoliberal Brazil. Temple University Press, 14-mart 2008-yil — 127—128 bet. ISBN 978-1-59213-541-7. 
  4. New Flavours of the Lebanese Table. Random House, 31-mart 2012-yil. ISBN 978-1-4481-1876-2. 
  5. „Community profile“. metrosouth.health.qld.gov.au. Qaraldi: 2021-yil 26-fevral.
  6. Classic Palestinian Cuisine. Saqi, 10-iyul 2013-yil. ISBN 978-0-86356-879-4. 
  7. Palestine on a Plate: Memories from my mother's kitchen. White Lion Publishing, 3-sentabr 2019-yil — 32 bet. ISBN 978-0-7112-4529-7. 
  8. Insight Guides Jordan (Travel Guide eBook). Apa Publications (UK) Limited, 1-fevral 2018-yil. ISBN 978-1-78671-396-4. 
  9. The Brazilian Table. Gibbs Smith, 2-may 2009-yil — 186 bet. ISBN 978-1-4236-0814-1.