Kontent qismiga oʻtish

Sezgi Sena Akay

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sezgi Sena Akay
Tavalludi 31-oktyabr 1994-yil (1994-10-31) (29 yosh)
Fuqaroligi Turkiya
Taʼlimi Yeditepe Universiteti
Kasbi
  • Aktrisa
  • model
  • teleboshlovchi
Faoliyat yillari 2012–yildan hozirgacha
Unvoni "Best Model of Turkey 2012"
"Best Model of the World 2012"
Boʻyi 1.84 m (6 ft 0.5 in)[1]
In 2012: 1.81 m (5 ft 11.3 in)[2]
Turmush oʻrtogʻi
Emir Hasoğlu
(turm. 2019; ajr. 2022)
Bolalari bor
Mukofotlari Best Model of Turkey
(gʻolib)
Best Model of the World
(gʻolib)

Sezgi Sena Akay (1994-yil 31-oktyabr) – turkiyalik aktrisa, sobiq professional voleybol oʻyinchisi, teleboshlovchi va model. 2012-yilda Dunyodagi eng yaxshi model deb tan olingan[3]. U modellik faoliyatini Parijda boshlagan[4].

Akay juda yoshligidan voleybol oʻynashni boshlagan. U besh yil davomida Galatasaray S. K. ayollar voleybol klubida va bir yil davomida Fenerbahçe S. K.ning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar voleybol jamoasida oʻynagan[5][6].

2014-yilda Kanal D telekanalida namoyish etilgan romantik, drama va thriller janrdagi Zeytin Tepesi serialida Nevin Karatay obrazini ijro etdi. Uning Nevin Karatay roli asl italyan versiyasidagi Le tre rose di Eva serialidagi Elena Monforte roliga teng edi. 2015-yilda u FOX telekanalida Magazin Postası dasturini olib borgan. 2015-2016-yillar oʻrtasida Janubiy Koreya televideniye seriali Bad Love (2007-2008) asosida Show TV telekanalida ekranlashtirilgan Acı Aşk drama serialida bosh rolni oʻynagan[7]. 2017-yil yanvar oyidan boshlab u FOX telekanalida efirga uzatilgan Muhteşem Yüzyıl: Kösem tarixiy drama serialining ikkinchi mavsumida Murod IV ning xotini Sanavber rolini ijro etgan[8].

Yoshligi va taʼlimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sezgi Sena Akay 1994-yil 31-oktabrda Istanbulda cherkaslar oilasida tugʻilgan[5]. U oilada yagona farzand boʻlgan[9]. Erenköy qizlar oʻrta maktabini bitirgach, u Yeditepe universiteti Aloqa fakulteti jamoatchilik bilan aloqalar va targʻibot boʻlimiga oʻqishga kirdi[10].

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sezgi Sena Akay juda yoshligidan voleybol oʻynashni boshlagan. U besh yil davomida Galatasaray S. K. ayollar voleybol klubida va bir yil davomida Fenerbahçe S. K.ning 18 yoshgacha boʻlgan ayollar voleybol jamoasida oʻynagan[5][6].

Turkiyadagi eng yaxshi model

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sezgi Sena Akay 25-Turkiyaning eng yaxshi modeli tanlovida ishtirok etdi va 2012-yilning 15-dekabrida „Best Model of Turkey 2012“ unvonini qoʻlga kiritdi. Tadbir Istanbuldagi Galatasaroy orolida (Suada) boʻlib oʻtdi.

Tanlovning yetakchi hakamlaridan biri, moda dizayneri Yildirim Mayruk Sezgi Sena Akayni „soʻnggi yigirma besh yilning eng chiroyli va yangi modeli“ ekanligini taʼkidladi[11].

Dunyodagi eng yaxshi model

[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2012-yil 10-dekabrda boʻlib oʻtgan „Best Model of the World 2012“ tanlovida oʻz mamlakati Turkiyaga vakillik qildi va „Best Model of the World 2012“ tojini qoʻlga kiritdi. Belgiya vakili esa ikkinchi oʻrinni egalladi. Shuning bilan Akay Best Model of the World tojini qoʻlga kiritgan toʻrtinchi turkiyalik ayol boʻldi.

17 yoshida uning boʻyi 5 fut 11,3 dyuym (1.81 m) va vazni 121 lbs (55 kg) edi[2]. U ikki yil ichida 1,2 dyuym (uch santimetr) oʻsib, 6 fut 0,5 dyuym (1,84 m) boʻldi[1].

Aktyorlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning aktrisa sifatidagi debyut roli 2014-yilda Balıkesirning Ayvalik shahrida suratga olingan Zeytin Tepesi teleserialida boʻlgan. Uning Nevin Karatay roli asl italyancha Le tre rose di Eva dagi Elena Monforte roliga teng edi[manba kerak].

2015-yilda u FOX telekanalida Magazin Postası dasturini olib borgan.

2015-2016-yillar oʻrtasida u Show TV telekanalida namoyish etilgan Acı Aşk[7] drama serialida bosh qahramoh Melek Yılmaz Köklükaya rolini ijro etgan. Shuningdek, u seriallarda skripka chalgan.

2017-yil yanvar oyidan boshlab u FOX telekanalida efirga berilgan Muhteşem Yüzyıl: Kösem tarixiy drama serialining ikkinchi mavsumida Murod IV ning xotini Sanavber rolini ijro etgan[8].

  1. 1,0 1,1 Kızıl, Emre „Sezgi Sena Akay Kimdir?“ [Who is Sezgi Sena Akay?] (tr) (2014-yil 20-yanvar). — „Boyu 1.84. [Her height is 1.84 m]“. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  2. 2,0 2,1 Özaytekin, Merve. „Baklava Yediğinde Pişmanlıktan Ağlıyor“ (tr). Posta.com.tr. Istanbul: Posta (2012-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  3. „Winners“. BestModeloftheWorld.com. Istanbul: Best Model of the World (2017). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  4. „Sezgi Sena Akay Haziran 2013“ (tr). Hurriyet.com.tr. Istanbul: Hürriyet. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  5. 5,0 5,1 5,2 Taş, Kenan „'Hedefim Victoria's Secret Mankeni Olabilmek'“ ["My Goal is to Become a Victoria's Secret Model"] (tr). Dipnot.tv (2014-yil 19-fevral). 2014-yil 16-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  6. 6,0 6,1 Kurt, Sibel (January 2013). „İyi ki Voleybol Oynamışım“ [So Glad I Played Volleyball]. Fenerbahçe Magazine (turk). № 119. Istanbul: Fenerbahçe S.K. 10 April 2017da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11 April 2017. „Henüz 18 yaşında… Üstündeki terli forma yerine sahalardan uzaklaşarak podyumları seçti. Bunu da en başarılı şekilde 2012 Best Model of the World yarışmasının tacını alarak gerçekleştirdi. İnsanın hayatta istediği doğrultuda severek çalışması çok güzel. Sevgili Sezgi Sena Akay da hayalini gerçekleştirdi. Fakat voleybol oynadığı dönemleri asla unutmuyor. Onunla spor hayatını ve Fenerbahçe Spor Kulübü'nün kendisine neler kattığını ve bundan sonraki hedeflerini konuştuk. Eminim birkaç yıl sonra yine kazandığı başarılardan söz ediyor olacağız. Fenerbahçe ailesi olarak en içten dileklerimizle başarılar dileriz.“
  7. 7,0 7,1 „Acı Aşk Ne Zaman Başlıyor?“ (tr). Hurriyet.com.tr. Istanbul: Hürriyet (2015-yil 25-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  8. 8,0 8,1 „Sezgi Sena Akay, Muhteşem Yüzyıl Kösem'de“ (tr). Milliyet.com.tr. Istanbul: Milliyet (2017-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  9. Gedik, Ömür. „Hiçbir Yerimde Estetik Yok“ (tr). Istanbul: Hürriyet (2015-yil 26-dekabr). 2016-yil 13-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  10. „Sezgi Sena Akay, Selen Soyder'in Yerine Geldi“ [Sezgi Sena Akay Replaced Selen Soyder] (tr). NTV.com.tr. Istanbul: NTV MSNBC (2017-yil 2-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.
  11. Magazin Servisi [Magazine Service].. „Son 25 Yılın En Güzel Kızı“ (tr). HaberTurk.com. Istanbul: HaberTürk (2012-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-aprel.