NOW (Turkiya)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
NOW (Turkiya)
NOW Telekanali

2024-yil 12-fevraldan beri qo‘llanilayotgan logotipi
Mamlakat Turkiya bayrogʻi Turkiya
Shimoliy Qibris bayrogʻi Shimoliy Kipr
Ozarbayjon bayrogʻi Ozarbayjon
Namoyish vaqti kun-u tun
Namoyish hududi Turkiya bayrogʻi Turkiya
Til(lar)i turkcha
Boshqaruv markazi İhlas Holding, Yenibosna, Istanbul (2007-2008)
Zeytinburnu, Istanbul (2008-hozirgacha)
Tasvir formati

576i (16:9,SDTV)

1080p (HDTV)
Efirga chiqqan

2007-yil 24-fevral (FOX)

2024-yil 12-fevral (NOW)
Almashgan TGRT (1993-yil 22-aprel – 2007-yil 24-fevral)
Asoschisi Huzur Radyo TV A. Sh.
Egasi News Corporation (2007 - 2013)
21st Century Fox (2013 - 2019)
The Walt Disney Company (2019 - hozirgacha)
Avvalgi nomlari FOX (2007-yil 24-fevral – 2024-yil 12-fevral)
Aloqador telekanallar FXᴴᴰ
24Kitchenᴴᴰ
BabyTV
Fox Life (2006-2021)ᴴᴰ
National Geographicᴴᴰ
Nat Geo WildHD
Disney Juniorᴴᴰ
Disney Channel (2007-2022)
Disney XD (2009-2021)
FOX Crime (2011-2022)
Fox Kids (2000-2005)
Fox Kids Play (2003-2005)
Jetix (2005-2009)
Jetix Play (2005-2010)
Shiori "Hayotga FOX’laning FOX!" (2007-yil 24-fevral - 2009-yil 15-may)
"Sen ham Qo‘shil" (2009-yil 19-may - 2011-yil sentabr)
"Hammamiz FOX Tomosha Qilamiz" (2011-yil sentabr - 2012-yil)
"5 Yildan Beri FOX Tomosha Qilamiz" (24-fevral - 10-mart, 2012-yil)
"Oilamizning Ekrani!" (2013-yil sentabr - 2014-yil sentabr)
"FOX boshqacha go‘zal" (2014-yil sentabr - 2015-yil iyun)
"Yoz Har Holi Bilan FOX’da go‘zal" (2015-yil iyun - 2015-yil sentabr)
"Endi FOX Zamoni!" (2015-yil sentabr - 2016-yil iyun)
"Bu Mavsumda Yoz, FOX’da Boshqachasiga Go‘zal" (2016-yil iyun - 2016-yil sentabr)
"Sen ham Kel FOX’ga!"; (2016-yil sentabr - 2018-yil sentabr)
"Bu Yil Yanada Ko‘p FOX"; (2018-yil sentabr - 2020-yil iyun)
"Yoz FOX’da Boshqachasiga Go‘zal" (2020-yil iyun - 2020-yil sentabr)
"Yana Yana FOX" (2020-yil sentabr - 2021-yil sentabr)
"Qani FOX’ga" (2021-yil sentabr - 2024-yil 23-yanvar)
"Siz Sevgan FOX Endi NOW Bo‘ladi!" (2024-yil 24-yanvar - 2024-yil 12-fevral)
"Endi NOW Zamoni" (2024-yil 12-fevral - Hozirgacha)
Sayt NOW (Turkiya)
Qamrovi
Efirga uzatilishi
Oddiy antenna Butun Turkiya bo‘ylab 
Sunʻiy yoʻldosh orqali uzatilishi
Türksat 4A 12336 H 5520 3/4 (SD)
12329 H 6666 2/3 (HD) 
Türksat 5B 11305 V 30000 3/4 (HD) 
D-Smart 29. kanal (SD/HD) 
Digiturk 26. kanal (HD) 
Türksat TKGS 9. kanal (HD)
609. kanal (SD) 
Kabel orqali uzatilishi
Analog KabloTV S 11 
KabloTV 28. kanal (HD)
909. kanal (SD) 
Onlayn
Turkcell TV+ 26. kanal (HD) 
tivibu 26. kanal (HD) 
BluTV 3. kanal 
nowtv.com.tr NOW TV Tomosha Qilish 

NOW – “The Walt Disney Company”ga tegishli Fox Networks Group kompaniyasining Turkiyadagi telekanalidir. 2024-yil 12-fevralda “FOX”ning nom o‘zgartirishidan so‘ng shu chastotada o‘z efirini boshlagan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab TGRT, “İhlas Holding”ga bog‘langan “Huzur Radio TV A. Sh.”ga oid edi. Sotuv ishlari 2006-yil 15-iyulda qilingan va birjaga Ihlas Holding tomonidan bildirilgan. Bu sotuv ishi bilan birgalikda shirkatning 56,5% i o‘tqaziladigan bo‘ldi. TGRT’ni sotib olgan Amerika media guruhi News Corporation’ning sohibi Rupert Keith Murdoch hisoblanadi. News Corporation keyinroq bu shirkatning boshqa hissadorlari bilan kelishib shirkatni to‘liq sotib oldi. Natiyjada Turkiyada ilk efir yuzini ko‘rgan xorijiy milliy telekanal paydo bo‘ldi. News Corporation, bu amaliyotni Ahmet Ertegun bilan birgalikda amalga oshirdi. Ahmet Ertegunning Atlantic Records nomi bilan tanilgan shirkati 2007-yilning fevral oyidan beri ichida FOX nomi bilan ijaraga olingan bo‘lib, avvaldan “Go‘sht va Baliq Korxonasi”ga oid bo‘lgan binodan efirga uzatilmoqda. Bu sotuv amaliyoti “Ihlas Efir Holding A. Sh ”ning hamkorligida bo‘lgan “TGRT Xabar TV A. Sh.” va bu shirkat tarkibida bo‘lgan “TGRT Habar” va “TGRT FM” radiosini o‘z ichiga oladi.

Kanalning FOX nomi bilan 2024-yil 12-fevralgacha qo‘llagan logotipi

2009-yil 19 mayda FOX yangi grafik va introlarga o‘tdi. Shuningdek, 2010-yilda Italiya Ligasi “Serie A”ning translyatsiya huquqini ham sotib oldi. Biroq, har oyda atigi 1 yoki 2 ta o‘yin ko‘rsatiladi. FOX telekanali orqali efirga uzatilgan Beshiktosh-Fenerbahche uchrashuvida 70 ta markaning 201 ta reklamasi 35 daqiqa davomida efirda ko‘rsatildi. Media Kuzatuv Markazi (MKM) reklamani o‘lchash hisobotiga ko‘ra, 35 daqiqalik reklama ko‘rsatuvining 14 daqiqasi tarmoqli va kadrli reklamalardan, qolgan qismi esa bandli reklamalardan iborat bo‘lgan. O‘sha paytda efirga uzatilgan reklamalar tufayli o‘yinning o‘ta muhim lahzalarini ko‘rishda qiynalgan muxlislarning bezovtaligini kolonistlar ham izohladi. FOX tomonidan amalga oshirilgan reklama strategiyasi milliy gazetalarda yozgan yettita sharhlovchining qattiq tanqidiga uchradi.

2010-yil 11-avgustda u o‘z logotipini shaffof oq rangdan uch o‘lchamli oq logotipga o‘zgartirdi; lekin keyinchalik 2012-yil 1-iyulda shaffof logotipga qaytdi. Bundan tashqari, u o‘z introlarini yangiladi va 16:9 tasvir formatiga o‘tdi.

2019-yil mart oyida “The Walt Disney Company” tomonidan “21st Century Fox” boshqa kanallari bilan birgalikda 71,3 milliard dollarga sotib oldi. 2023-yil 20-iyun kuni kanal logotipining rangi qizil rangga aylandi. “Disney”ning FOX uchun nom berish huquqi muddati tugaganligi sababli, FOX o‘z nomini o‘zi efirga uzatiladigan mamlakatlarda Star Channel va FX nomiga o‘zgartirdi. Ammo Turkiyada allaqachon FX va Star TV mavjud bo‘lgani uchun 2024-yil 24-yanvarda u Turkiya uchun maxsus NOW ismi bilan nomlanishi e’lon qildi va o‘zgarish 2024-yil 12-fevraldan boshlab amalga oshirildi. Efir siyosatida hech qanday o‘zgarishga uchramay oldingisi bilan bir xil formatda efiri davom etmoqda...

NOW HD[tahrir | manbasini tahrirlash]

Eski nomi FOX HD bo‘lgan NOW HD, 2012-yil 1-iyulda tashkil qilingan bo‘lib, NOW bilan bir vaqtda efirga uzatilgan yuqori aniqlikdagi televizion kanaldir.

2014-yil 18-sentabrgacha faqat Digiturk 326-kanalda tomosha qilish mumkin edi, lekin 2014-yil 18-sentabrda Turksat 4A sun’iy yo‘ldoshining ishga tushirilishi bilan FOX HD Turksat 4A 12329 H 6666 2/3 chastotasida, Türksat 5B 11305 V 30000 3/4 chastotasida, D-Smart 29-kanaldan, KabloTV 28-kanaldan, Digiturk 326-kanaldan, Turkcell TV+ 26-kanaldan, tivibu 315-kanaldan va Türksat TKGS 9-kanaldan tomosha qilish mumkin bo‘ldi. 2019-yilda logotipdagi HD qo‘shimchasi olib tashlandi.

Hozirgi kundagi efiridan joy olgan dasturlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Haftalik seriallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tez kunda: O‘g‘ri
  • Tez kunda: Qirmizi Taksi
  • Tez kunda: Yomon Qon
  • Tez kunda: Shapkachi Ayollar
  • 2023-: Qizil G‘unchalar (Dushanba, 20:00 da)
  • 2023-: Yovvoyi (Seshanba, 20:00 da)
  • 2023-: Shohona Hayotim (Chorshanba, 20:00 da)
  • 2023-: Cheksiz Sevgi (Payshanba, 20:00 da)
  • 2024-: Yirtqich (Juma, 20:00 da)
  • 2024-: Qo‘rqma Men Yoningdaman (Shanba, 20:00 da)
  • 2023-: Kir Kiyimlar Savati (Yakshanba, 20:00 da)


Vaqt o‘tishi bilan ushbu ro‘yxat yangilanib boradi!

Film[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2007-: NOW Film Davrasi

Yangiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2021-: O‘rta Sahifa (Dog‘an Shenturk, Murat Yetkin, Chig‘dem Toker, Nevshin Mengu, Deniz Zeyrek) (Juma, 23:45 da)
  • 2020-: Selchuk Tepeli bilan NOW Asosiy Yangiliklar (Dushanba - Juma, 19:00 da)
  • 2022-: Ilker Karago‘z bilan Uyg‘onish Soati (Dushanba - Juma, 07:45 da)
  • 2009-: Gulbin Tosun bilan NOW Asosiy Yangiliklar Hafta Oxiri (Hafta oxiri, 19:00 da)
  • 2022-: Ezgi Go‘zeger bilan Uyg‘onish Soati Hafta Oxiri (Hafta oxiri, 08:30 da)
  • 2016-: Merve Yildirim bilan Men Aytib Qo‘ydim (Yakshanba, 11:15 da)
  • 2014-: Ezgi Go‘zeger ile Uyg‘onish Soati (Yoz mavsumida dushanbadan jumagacha, 08:00 da)
  • 2010-: Gulbin Tosun bilan NOW Asosiy Yangiliklar (Yoz mavsumida dushanbadan jumagacha, 19:00 da)
  • 2018-: Merve Yildirim bilan Uyg‘onish Soati Hafta Oxiri (Yoz mavsumida hafta oxiri, 08:30 da)
  • 2009-: Burak Birsen bilan NOW Asosiy Yangiliklar Hafta Oxiri (Yoz mavsumida hafta oxiri, 19:00 da)

Hayotiy-Aktual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2018-: Chag‘la bilan Yangi Bir Kun (Chag‘la Shikel) (Dushanba - Juma, 10:00 da)
  • 2022-: Iqtisodiyot Vaqti (shanba va yakshanba, 11:15 da)
  • 2016-: Memet O‘zer bilan Oshxonada (Memet O‘zer) (shanba, 11:20 da)
  • 2020-: Kamera Oraqasi (yoki Kadr Orti) (Beyza Shekerji) (shanba, 12:15 da)

Musobaqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2021-: Eng Mehnatkash Menman (Kadir Ezildi) (Dushanba - Juma, 13:15 da)

Diniy[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2017-: Fatih Savash bilan Saboh Suhbatlari (shanba, 07:30 da)
  • 2017-: Fatih Savash bilan Saharlik Suhbatlari (Ramazon oyi davomida har kun, 04:00 da)
  • 2024-: Fatih Savash bilan Ramazon Suhbatlari (Ramazon oyi davomida har kun, 12:00 da)
  • 2023-: Sahrap Soysal bilan Ramazon Dasturxoni (Ramazon oyi davomida har kun, 12:45 da)

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]