Semiramida osma bogʻlari
Bobil osma bogʻlari ellin madaniyati roʻyxatiga kiritilgan qadimgi dunyoning yetti moʻjizasidan biri edi. Ular loy gʻishtdan qurilgan katta yashil togʻga oʻxshash turli xil daraxtlar, butalar va toklarni oʻz ichiga olgan koʻtarilgan qator bogʻlar bilan muhandislikning ajoyib namuna sifatida tasvirlangan. U Iroqdagi Bobil viloyatining hozirgi Hillah shahri yaqinidagi qadimiy Bobil shahrida qurilgani aytilgan. Osilgan bogʻlar nomi yunoncha κρεμαστός soʻzidan olingan boʻlib inglizcha „osilgan“ degan maʼnoga ega va terrasa kabi baland inshootga ekilgan daraxtlarga ishora qiladi[1][2][3].
Bir afsonaga koʻra, osilgan bogʻlar "Insoniyat moʻjizasi" deb nomlanuvchi buyuk saroy yonida Yangi Bobil shohi Navuxadnazar II (miloddan avvalgi 605-562 yillar hukmronlik qilgan) tomonidan oʻzining Midiyalik rafiqasi qirolicha Amytis uchun qurilgan. Amytis vatanining yam-yashil adirlari va vodiylarini qattiq sogʻingani sababli shoh unga atab ushbu inshootni qurdiradi. Buni Bobillik ruhoniy Beross eramizdan avvalgi 290-yilda yozib qoldirgan, keyinchalik Josephus ham buni tasdiqlagan. Osilgan bogʻlarning qurilishi ham afsonaviy qirolicha Semiramidaga[4] tegishli boʻlgan va ular muqobil nom sifatida Semiramidaning osma bogʻlari deb atalgan[5].
Semiramidaning osma bogʻlari yetti moʻjizaning biri boʻlib, ularning joylashuvi hali aniqlanmagan[6]. Qolaversa, Bobilda bogʻlar haqida eslatib oʻtilgan hech qanday Bobil matnlari mavjud emas va Bobilda aniq arxeologik qazilmalar topilmagan[7][8]. Buni quyidagi fikrlar asoslaydi: birinchi, ular afsona boʻlgan va qadimgi yunon va rim yozuvlarida (jumladan, Strabon, Diodor Sikuly va Kvint Kursiy Ruf) topilgan tavsiflar sharqiy bogʻning romantik idealini ifodalagan[9]. Ikkinchi, ular Bobilda mavjud boʻlgan, ammo milodiy birinchi asrda yoʻq qilib yuborilgan[10][11] va uchinchisi, afsonada Ossuriya shohi Sennacherib (miloddan avvalgi 704–681) oʻzining poytaxti Nineviya shahrida Dajla daryosi boʻyida qurilgan bogʻ haqida gap boradi[12][13].
Klassik adabiyotda tavsiflari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bugungi kunda ayrim yozuvchilarning Bobil haqidagi maʼlumotlari mavjud. Bu yozuvchilar asosan osma bogʻlarning kattaligi, ularning umumiy dizayni va sugʻorish vositalari va nima uchun qurilganligi haqida maʼlumot bergan. Bu yozuvchilar asosan osma bogʻlarning kattaligi, ularning umumiy dizayni va sugʻorish vositalari va nima uchun qurilganligi haqida maʼlumot bergan.
Berossus Nebuchadnezzar II hukmronligini tasvirlab bergan va bu osma bogʻlarning qurilishi bilan bogʻliq boʻlgan yagona manba hisoblanadi[14][15].
Diodor Sitsiliyalik miloddan avvalgi 4-asrdagi Cleitarchus (Makedonskiy Iskandarning tarixchisi) va Knidlik Ktesiyaning asarlariga murojat qilgan. Diodor qurilishni „Suriya qiroli“ bilan bogʻliq deydi. Uning soʻzlariga koʻra, bogʻ kvadrat shaklida boʻlib, har bir tomoni taxminan toʻrt plethra uzunlikka ega boʻlgan. Bogʻ bir qavatli boʻlib, eng yuqori galereyasi balandligi 50 tirsak uzunligida boʻlgan. Qalinligi 22 fut boʻlgan devorlar gʻishtdan qurilgan. Binolarning asoslari eng katta daraxtlarning ildizlari oʻsishini taʼminlash uchun etarlicha chuqur boʻlgan. Bogʻlarni yaqin atrofdagi Furot daryosi yordamida sugʻorishgan[16].
Kvint Kursiy Ruf (milodiy 1-asr) ehtimol Diodor bilan bir xil manbalarga tayangan[17]. Uning taʼkidlashicha, bogʻlar aylanasi 20 stadiya boʻlgan qal’aning tepasida joylashgan. U ham bogʻlarning qurilishini „Suriya podshosi“ga bogʻlaydi.
Strabonning taʼkidlashicha, bogʻlar Furot daryosidan bogʻlarga olib boradigan Arximed vinti orqali sugʻorilgan[18].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Osma bogʻlar haqiqiy mavjud boʻlganmi yoki afsonami, hozirgi Bobil manbalarida hujjatlar yoʻqligi sababli aniq emas. Nebuchadnezzarning xotini Amyti (yoki boshqa xotinlari) haqida ham hech narsa aytilmagan[19]. Nebuchadnezzarning asarlari haqida koʻplab manbalar mavjud, ammo ularda hech qanday bogʻ haqida soʻz yuritilmagan[20]. Biroq, ushbu bogʻ haqida yozib qoldirgan yozuvchilar yashagan davrlarda bogʻ mavjud boʻlgan deyiladi[21]. Gerodot oʻzining "Tarixlarida „ Bobilni tasvirlagan, ammo osma bogʻlar haqida gapirmagan[22]. Qolaversa, Gerodot u yerlarga tashrif buyurganda bogʻlar hali yunonlar u haqida bilishmagan[23].
Bugungi kunga qadar Bobilda osma bogʻlar haqida hech qanday arxeologik dalillar topilmagan[24]. Ushbu bogʻlar Furot daryosi ostida boʻlgani uchun ham ularning havfsiz qazib olish imkonsiz degan taxminlar ham mavjud. Navuxadnazar II davrida daryo hozirgi holatidan sharqqa qarab oqqan va Bobilning gʻarbiy qismi haqida maʼlumot kam[25][26].
Nineviya Sennacherib bogʻlari bilan tanishish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oksfordlik olim Stephanie Dalley Bobildagi osma bogʻlar aslida Ossuriya shohi Sennacherib (miloddan avvalgi 704-681 yillar hukmronlik qilgan) tomonidan Nineviyadagi saroyi uchun qurilgan deb taʼkidlagan[27]. Arxeologik qazishmalar natijasida Sennacheribga tegishli boʻlgan ulkan suv oʻtkazgichlar tizimining izlari topilgan boʻlib, uning qoldiqlaridagi yozuvlar Dalleyning taxminiga koʻra suv oʻtkazgichlarining bir qismi boʻlgan. Suv oʻtkazish uchun bir qator kanallar, toʻgʻonlar va suv oʻtkazgichlardan foydalanilgan[28].
Oʻsimliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sanʼat asarlarida tasvirlanganidek, bogʻlarda gullab-yashnagan gullar, pishgan mevalar, sharsharalar va koʻp barglar bilan toʻldirilgan terassalar mavjud boʻlgan. Bobil adabiyoti, anʼanalari va hududning ekologik xususiyatlariga asoslanib, bogʻlarda quyidagi oʻsimliklarning baʼzilari topilgan:
- Zaytun (Olea europaea)
- Behi (Cydonia oblonga)
- Oddiy nok (Pyrus communis)
- Anjir (Ficus carica)
- Bodom (Prunus dulcis)
- Oddiy uzum novdasi (Vitis vinifera)
- Xurmo palmasi (Phoenix dactylifera)
- Athel tamarisk (Tamarix aphylla)
- Mt. Atlas mastic daraxti (Pistacia atlantica)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Stephanie Dalley (1993). "Ancient Mesopotamian Gardens and the Identification of the Hanging Gardens of Babylon Resolved". Garden History 21 (1): 7. doi:10.2307/1587050.
- ↑ Reade, Julian (2000). "Alexander the Great and the Hanging Gardens of Babylon". Iraq 62: 195–217. doi:10.2307/4200490. ISSN 0021-0889.
- ↑ Foster, Karen Polinger (2004). "The Hanging Gardens of Nineveh". Iraq 66: 207–220. doi:10.2307/4200575. ISSN 0021-0889.
- ↑ „The Hanging Gardens of Babylon“. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
- ↑ Cartwright M (July 2018). "Hanging Gardens of Babylon". World History Encyclopedia. https://www.worldhistory.org/Hanging_Gardens_of_Babylon/. Qaraldi: 15 September 2018.
- ↑ Finkel (1988) p. 41.
- ↑ Finkel (1988) p. 58.
- ↑ Finkel, Irving. Babylon: City of Wonders. London: British Museum Press, 2008 — 52-bet. ISBN 978-0-7141-1171-1.
- ↑ Finkel 2008
- ↑ „The Hanging Gardens of Babylon“. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
- ↑ „The Hanging Gardens of Babylon“. Qaraldi: 2014-yil 5-fevral.
- ↑ Dalley, Stephanie. The Mystery of the Hanging Garden of Babylon: an elusive World Wonder traced. Oxford University Press, 2013. ISBN 978-0-19-966226-5.
- ↑ Stephanie Dalley (1993). "Ancient Mesopotamian Gardens and the Identification of the Hanging Gardens of Babylon Resolved". Garden History 21 (1): 7. doi:10.2307/1587050.
- ↑ Finkel (2008) p. 108.
- ↑ Dalley, Stephanie (1994). "Nineveh, Babylon and the Hanging Gardens: Cuneiform and Classical Sources Reconciled". Iraq 56: 45–58. doi:10.2307/4200384. ISSN 0021-0889.
- ↑ Diodorus Siculus II.10-1-10
- ↑ History of Alexander V.1.35-5
- ↑ Strabo, Geography XVI.1.5, translation adapted from H. L. Jones, Loeb Classical Library edn (1961).
- ↑ Finkel (2008) p. 109.
- ↑ Dalley (2013)
- ↑ Reade, Julian (2000). "Alexander the Great and the Hanging Gardens of Babylon". Iraq 62: 195–217. doi:10.2307/4200490. ISSN 0021-0889.
- ↑ Priestley, Jessica. Herodotus and Hellenistic culture: Literary Studies in the Reception of the Histories. Oxford: Oxford University Press, 2014 — 91-bet. ISBN 9780191510168.
- ↑ Reade, Julian (2000). "Alexander the Great and the Hanging Gardens of Babylon". Iraq 62: 195–217. doi:10.2307/4200490. ISSN 0021-0889.
- ↑ Finkel (1988) p. 41.
- ↑ Oates, Joan. Babylon, Revised, London: Thames and Hudson, 1986 — 144-bet. ISBN 0-500-27384-7.
- ↑ Rollinger, Robert „Berossos and the Monuments“, . The World of Berossos Haubold: , Wiesbaden, 2013 — 151-bet. ISBN 978-3-447-06728-7.
- ↑ Stephanie Dalley (1993). "Ancient Mesopotamian Gardens and the Identification of the Hanging Gardens of Babylon Resolved". Garden History 21 (1): 7. doi:10.2307/1587050.
- ↑ Alberge, Dalya (5 May 2013). "Babylon's hanging garden: ancient scripts give clue to missing wonder". The Guardian. https://www.theguardian.com/science/2013/may/05/babylon-hanging-garden-wonder-nineveh. Qaraldi: 6 May 2013.Semiramida osma bogʻlari]]