Selim Nurmurodov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Selim Nurmurodov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Selim Berdimurodovich Nurmurodov
Tavallud sanasi 22-mart 1996-yil (1996-03-22) (28 yosh)
Tavallud joyi Ashxobod Turkmaniston
Boʻyi 180 sm
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Turkmaniston Oltin Asir
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2013—2014 Rossiya Rubin
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014—2016 Turkmaniston Oltin Asir
2017 Turkmaniston Ashxobod FC
2018—2019 Turkmaniston Oltin Asir
2020—2021 Oʻzbekiston Bunyodkor 17 (2)
2021 Livan Al-Ahad
2022—2023 Turkmaniston Ahal
2023— Turkmaniston Oltin Asir
Milliy terma jamoa
2015 Turkmaniston Turkmaniston U 21 6 (2)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Selim Berdimurodovich Nurmurodov (turkmancha: Selim Berdimyradowiç Nurmuradow; 22-mart, 1996-yil, Ashxobod) – turkman va rus futbolchisi, Oltin Asir jamoasida hujumchisi pozitsiyasida oʻynaydi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Selim futbolchi oilasida tugʻilgan, uning otasi Berdimurod Nurmurodov mashhur turkman futbolchisi.

Qozonning „Rubin“ futbol maktabi tarbiyalanuvchisi, 2013-yildan 2014-yilgacha „Rubin“ yoshlar jamoasi tarkibida oʻynagan[1][2].

2014-yilda u Turkmanistonga qaytib, Ashxobodning „Oltin Asir“ klubi bilan shartnoma imzoladi. 2014-yilning 16-avgustida „Dashgouz“[3] jamoasiga qarshi oʻyinda yangi jamoasi safidagi ilk golini kiritdi. 2015-yilning 10-fevralida „Al-Saqr“ ga qarshi oʻyinda OFK kubogida debyut oʻyinini oʻtkazdi[4].

2020-yilning yanvarida Nurmurodov Toshkentning „Bunyodkor“ klubi bilan bir yillik shartnoma imzolagan edi. Mavsum davomida hujumchi Oʻzbekiston chempionatida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 2 ta gol urgan.

2021-yil 12-mayda u Livanning „Al-Ahd“ jamoasiga koʻchib oʻtdi[5]. 2021-yilning 21-may kuni u OFK kubogi guruh bosqichida „Al-Vahda“ga qarshi oʻyinda (0:0)[6][7] debyut qildi.

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil yanvar oyida u ilk bor Turkmaniston yoshlar terma jamoasiga 2015-yilgi Hamdoʻstlik kubogida ishtirok etish uchun chaqirildi[8] va Estoniya bilan oʻyinda 2 ta gol urdi[9].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oltin Asir
    • Turkmaniston chempioni: 2014, 2015
    • Turkmaniston Superkubogi gʻolibi : 2015

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Профиль игрока“. championat.com. 2014-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-avgust.
  2. „Селим Нурмурадов: «Мы выглядели лучше, чем „Анжи“»“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-avgust.
  3. „Волевая победа лидера“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-avgust.
  4. „ALTYN ASYR FC v AL SAQR“. the-afc.com. Азиатская конфедерация футбола (2015-yil 10-fevral). 2014-yil 17-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-fevral.
  5. „Селим Нурмурадов перешёл в ливанский «Аль-Ахед»“. 2021-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 12-may.
  6. „Селим Нурмурадов дебютировал за «Аль-Ахед»“. 2021-yil 23-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-may.
  7. Match Report of Al Wahda SC vs Al Ahed SC – AFC Cup – Global Sports Archive
  8. „Экс-футболист казанского «Рубина» усилит состав туркменской сборной на Кубке Содружества-2015“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-mart.
  9. „Туркменистан — Эстония 3:1 (1:1)“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-fevral.