Seitnebi Abduramanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Seitnebi Abduramanov
Tavalludi 15-fevral 1914-yil
Vafoti 15-dekabr 1987-yil(1987-12-15)
(73 yoshda)
Namangan shahri, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Qoʻshin turlari artilleriya
Xizmatdagi yillari 19411945
Unvoni Katta serjant katta serjant
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi
Mukofotlari 1-darajali Vatan urushi ordeni Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni Shuhrat ordeni «Mehnatda jasorat ko’rsatgani uchun (Harbiy jasorati uchun) yubiley medali. Vladimir Ilich Lenin tavalludining 100 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan»
Bolalari Nariman va Mustafa Abduramanovlar

Seitnebi Abduramanov (qrim tatarcha: Seitnebi Abduramanov, Сеитнеби Абдураманов; 1914-yil 15-fevral, Buyuk Qaralez qishlogʻi, Bogʻchasaroy tumani, Qrim1987-yil 15-dekabr, Namangan shahri, Oʻzbekiston SSR) — uchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni sohibi, 1232-oʻqchi polki vzvod komandiri yordamchisi (1-Belorus fronti, 69-armiya, 370-oʻqchi diviziyasi), katta serjant[1].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seitnebi Abduramanov 1914-yil 15-fevral Qrimdagi Bogʻchasaroy tumani, Buyuk Qaralez qishlogʻi dehqon oilasida tavallud topgan[1][2]. Millat qrim tatar. 1936-yilda harbiy xizmatga safarbar qilingan. Harbiy xizmatni oʻtab boʻlgach, tuman moliya boʻlimi inspektori sifatida faoliyat yuritgan. 1941-yilda qayta harbiy xizmatga safarbar etilib, Qizil armiyaning kichik komandirlarni tayyorlash maktabiga joʻnatiladi[2]. 1941-yil iyundan urushda ishtirok eta boshlaydi[2]. Bu paytda Abduramanov Novograd-Volinsk (Ukrainadagi Jitomir viloyati) shahridagi artilleriya qismida harbiy xizmatni oʻtayotgandi. Janubiy-gʻarbiy frontda, Stalingrad yaqinidagi jangda qurshovda qolishi tufayli bir necha marta kontuziya va jarohatlar olgan[3]. 1944-yil 20-oktyabr Polshadagi harbiy harakatlar payti, yaʼni kunduzgi vaqtda Abduramanov dushman haqida qimmatli maʼlumotga ega boʻlgan josusni asirga oladi[3][4]. Bu jasorati uchun III darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi. 1945-yil yanvarda Germaniyadagi janglarda koʻrsatgan mardligi uchun II darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlangan. 1945-yil aprelda Zelxov va Lipa aholi punktlaridagi jangda koʻrsatgan qahramonliklari uchun I darajali „Shuhrat“ ordeniga tavsiya etiladi. Urush yakunlangach, oilasi bilan Oʻzbekistonga koʻchirtirib yuboriladi[1]. 1946-yil 15-mayda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan I darajali „Shuhrat“ ordeni bilan taqdirlanadi. Shu tufayli uchala darajadagi „Shuhrat“ ordeni sohibi aylanadi, ammo bu haqida yigirma besh yil oʻtib, xabardor boʻlgan. Namangan shahrida yashagan. Uzrempriborning Andijon zavodida ishlagan[1]. Abduramanovning 2 nafar Nariman va Mustafa Abduramanovlar ismli oʻgʻillari boʻlgan[3].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abduramanov 1987-yil 15-dekabr kuni Namangan shahrida vafot etgan[2][4][5]. Shahardagi qabristonlarning biriga dafn etilgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xotira[tahrir | manbasini tahrirlash]

Seitnebi Abduramanov xotirasiga oʻzi tavallud topgan qishlogʻida 2017-yili xotira yodgorligi oʻrnatilgan[6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Sergey Kargapoltsev. „Aburamanov Seit Nebi“ (rus tilida). 2023-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 „Abduramanov Seyt-Nebi“ (rus tilida). 2021-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Nariman Iskandarov. „Trijdi oveyanniy soldatskoy Slavoy razvedchik“ (rus tilida) (2020-yil 16-may). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  4. 4,0 4,1 „Seit Nebi Abduramanov“ (rus tilida). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  5. „Taʼziyanoma“. 2021-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.
  6. „Lenur Abduramanov: Seit-Nebi Abduramanov yavlyayetsya primerom mujestva i xrabrosti dlya budushix pokoleniy“ (rus tilida) (2017-yil 15-dekabr). 2023-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.