Sayyid Ali Akbar
Sayyid Ali Akbar | |
---|---|
Tavalludi |
arabcha:أبو محمد علي أكبر بن محمد العسكري بن الإمام علي الهادي
Ali ibn Al-Askariy ibn Ali al-Hodiy 1-iyun 860-yil~865-yil |
Vafoti |
14-iyul 950-yil Termiz |
Fuqaroligi | Abbosiylar |
Kasbi | imom |
Bolalari | Sayyid Muhammad (baʼzi qoʻlyozmalarda Mahmud deb ataladi), Sayyid Ali al-Asgʻar, Sayyid Husayn, Sayyid Muso,Sayyid Iso, Sayyid Usmon |
Otasi | Muhammad al-Askariy Hasan al-Askariy |
Abu Muhammad Ali Akbar ibn Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy (1-iyun 865-yil, Samarra — 14-iyul 950-yil, Termiz) — sayyidlar sardori, imom.
Sayyid Ali Akbar sunniy va shia musulmonlari avliyosi boʻlgan, Ahl ul-Bayt nasabi boʻyicha tarixchi nasabshunos olimlarning fikriga koʻra, Imom Hasan Askariyning akasi sanalgan Sayyid Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Naqiy (Hodiy)ning ikkinchi oʻgʻli boʻlib, uning avlodlari Sadat al-Buxoriy, Sadat al-Baaj deb atab kelinadi va buni koʻplab tarixchilar va nasabshunos olimlar tasdiqlaydi[1][2][3][4].
Boshqa tarixchilarning manbalarga tayangan holdagi fikrlariga ko‘ra, Sayyid Ali Akbar o‘n birinchi shia imomlaridan biri sanalgan Imom Hasan al-Askariyning ikkinchi o‘g‘li bo‘lgan. Islomshunos olimlar va tarixchilar ta'kidlashlaricha u, shuningdek, oʻn ikkinchi imom Muhammad al-Mahdiyning ukasi bo‘lib, uning borligi o‘sha davrda hukmronligi yuqoriga chiqqan Abbosiylar xalifaligi siyosiy rahbariyati bilan zamonaviy siyosiy to‘qnashuvlar tufayli yashiringan edi[5][6][7].
Ajdodi avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sayyid Abu Muhammad Ali ibn Sayyid al-Askariy Sayyid Ali Akbar nomi bilan tanilgan, u al-Akbar (al-Asg‘ar, al-Muttaqi, al-Amir, Sulton Sodot (Saodat)) laqablari bilan ham mashhur bo‘lgan. Manbalar va tarixchilarning fikriga ko‘ra, u shialarning o'n birinchi imomi Imom Hasan al-Askariyning akasi Sayyid Muhammad al-Askariyning o‘g‘li bo‘lgan. Qoʻlyozma manbalarga koʻra, uning naslidan Sayyid Naqib Muhammad al-Husayn ibn Sayyid Muhammad ibn Sayyid Ali Akbar ibn Sayyid imom Muhammad al-Askariy ibn Imom Ali al-Hodiy bo'lib, uning nasl-nasabi sulolasi ikki shohga ajralgan, ya'ni uning ikki oʻgʻli — Sayyid Muhammadning avlodi Sayyid Shamsiddin Muhammad al-Buxoriy (Amir Sulton) Yaqin Sharqdagi koʻplab sayyid oilalarining bobokalonidir, ikkinchi shoh avlod vakili esa mashhur avliyo Sayyid Ota (Ato) al-Buloqiy (al-Xilvatiy) laqabli Sayyid Ahmad Buxoro va Samarqand viloyati, Ishtixon, Fargʻona va Termiz, Xorazm hamda Oʻrta Osiyodagi koʻplab sayyidlar oilalarining ajdodi hisoblanadi[8][9][10][11].
Shajarasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1. Muhammad.
- 2. Bibi Fotima Zahra va Imom Ali ibn Abu Tolib.
- 3. Husayn.
- 4. Zayn al-Obidin.
- 5. Muhammad al-Boqir.
- 6. Jaʼfar as-Sodiq.
- 7. Muso al-Kazim.
- 8. Ali ar-Rido.
- 9. Muhammad at-Taqiy.
- 10. Ali al-Hadiy.
- 11. Muhammad al-Askariy, laqabi Al-Baaj (boshqa tarixchilarning fikricha, Imom Hasan al-Askariy)[12][13][14].
- 12. Sayyid Ali al-Akbar.
Farzandlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1. Sayyid Muhammad (baʼzi qoʻlyozma manbalarda Mahmud deb keltirilgan)
- 2. Sayyid Ali al-Asgʻar
- 3. Sayyid Husayn
- 4. Sayyid Muso
- 5. Sayyid Iso
- 6. Sayyid Usmon
Taniqli avlodlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Bahouddin Naqshband
- Imlo eshon
- Jamoliddin al-Afgʻoniy
- Sayyid Xoja Xovand Mahmud
- Ajal Shamsiddin Umar
- Islomxoʻja
- Qozi Sayyid Bahodirxon ibn Sayyid Ibrohimxo‘ja
- Moʻynuddin Hoji Naqshband
Dafn etilgan joyi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Tarixchilar Sayyid Ali Akbar dafn etilgan so'nggi makoni Sulton Saodat (Sadat) yodgorlik majmuasining bosh maqbarasida joylashganligini taxmin qilishgan. „Sulton Saodat (Sadat)“ maqbarasi Termiz shahrida joylashgan (miloddan avvalgi IX-XV asrlarda qurilgan). Termiz shahridagi „Sulton Saodat“ yodgorlik majmuasi va uning hududida mingdan ortiq sayyidlarning koʻplab qabrlari va yana nomsiz qabrlar bor[15][16][17][18][19].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Шейх Куми, книга Мунтахи аль-Амаль, 1379, глава-3, стр-20
- ↑ Хусейн Мадани, книга "Тухфат аль-Азхар", Аль Тарат аль Мактуб, глава-1, стр-9-10
- ↑ Харз ад-дин, книги "Маркат аль Маариф", 1371, глава-2, стр-242
- ↑ Бадави, Сабаъ аль джазира, книга Сабаъ аль дуджейл, Информационно-справочный центр, стр-10
- ↑ Islamic Culture and the names of the Ahl al-Bait - Tazkare Khwanadane Hazrat Eshan ("Genealogy of the family of Hazrat Eshan") Edara Talimat Naqshbandiyya, Lahore p.63.
- ↑ Kulayni M. Y. and Sarwar M. (trans.) al-Kafi, chapter 124 "The Birth of Imam Abi Muhammad al-Hasan ibn 'Ali" p.705.
- ↑ „ZiaIslamic "Gulzar auliya"“. 2016-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ https://archive.org/details/20200709_20200709_0644/page/n41/mode/2up إثبات العقب في السيد الجليل الأمجد أبي جعفر بن الإمام علي الهادي page-42-49
- ↑ Badawi, Saba al-Jazeera, book Saba al-Dujail Information and Guidance Centre, p-10
- ↑ Naqib al-Ashraf Ibn Abd al-Ahad Sherazi "Shajara-e-nasab", p-27-39, Islamic University, Association of Naqabats,2012
- ↑ Шейх Махдуми Хорезми, книга "Джадат аль-ашикин" (XVI век), Хорезм
- ↑ Аль Хасиби(890 год хиджры) "Аль-Хидаят аль-Кубра” стр-328
- ↑ Х.Хаджзаде “Хидакат аль-Авлия”
- ↑ Али аль-Арбали (693 г.х.) “Сирадж аль-Ансаб” стр-222-223
- ↑ «Dastur al Mulk» (Guide to Kings) (XVII сentury) by Khwaja Samandar Muhammad ibn Baqi al-Termizi, translator professor of history Jabbor Esonov, «Sharq», Tashkent 2001, page 22
- ↑ «Durdonahoi Nasr» book, «Adib», Dushanbe 1985, page 375
- ↑ «Sayyidlar Shajarasi», «Islamic university», Tashkent 2017, page 14
- ↑ „Sulton Sodot Amir Sayyid Ali Akbar“. Shajara. 2022-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 13-aprel.
- ↑ «Buyuk Termiziylar» (Буюк Термизийлар) book by Mirzo Kenjabek, «Uzbekistan National encyclopedias» 2017, page-267