Sarvontepa meʼmoriy majmua yodgorligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sarvontepa me'moriy majmuasi
Sarvontepa

Sarvontepa tarixiy yodgorligining hozirgi koʻrinishi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Andijon shahri,
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston

Sarvontepa meʼmoriy majmua yodgorligi (miloddan avvalgi VIII-VI-asrlar) Andijon viloyatining temir davriga oid eng mashhur qadimiy arxeologik yodgorliklaridan biri. Sarvontepa majmuasi Andijon shahri markazining shimoli-g‘arbiy qismida, Tutzor va Sujoat ko‘chalari kesishmasi yonida joylashgan[1]. Dastlab, o‘tgan asrning 50-yillarida yodgorlik ro‘yxatga olingan

Tadqiqot ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qadimgi manzilgohda dastlabki qazishmalar XX-asrning 60-70-yillarida olib borilgan. Bu yerdan miloddan avvalgi V-VIII-asrlarga oid birinchi madaniy qatlamlar topildi. 2001-yilda shaharda ish olib borayotgan arxeologlar, Sarvontepani uncha katta bo‘lmagan 30 x 20 metr kattalikdagi saqlangan qismida qazish ishlari o‘tkazdilar. Natijada hozirgi shahar koʻchalari kesishgan joydan 3—4 metr chuqurlikda, insoniyat hayotining ibtidoiy davriga oid madaniy qatlamlar qayd etildi. Qatlamlardan miloddan avvalgi VI-IV-asrlarga to‘g‘ri keladigan guldor sopol idishlar va tosh buyumlar majmuasi oddiy maishiy o‘choq yaqinidan ajratib olindi.

Arxeologik tadqiqotlarga ko‘ra, Sarvontepa hududi 1 gektarga yaqin bo‘lgan. Yodgorlik temir davrining boshlariga (miloddan avvalgi VII—IV-asrlar) tegishli boʻlib, Eylaton madaniy markazi tarkibiga kiradi. Sarvontepani o‘rganish vodiy tarixi uchun o‘ta muhim sanaladi. Sababi, Farg‘ona vodiysi qadim shaharlari hududida (xususan, Andijonda) ilk bor 2400—2600 yillik arxeologik kompleks aniqlandi. Bundan tashqari Andijonsoyni bunyod etilish tarixini yanada qadimiylashtiradi. Sarvontepa hududi Andijon shahrini ilk (dastlabki) o‘rni bo‘lgani haqidagi fikr haqiqatga yaqin deb sanaladi. Aynan ushbu hududda keyinroq o‘rta asrlar arki va shahristoni joylashgani sabab qilib koʻrsatiladi. Farg‘ona vodiysi tarixini o‘rganishda Sarvontepa majmuasini o‘rganish katta ahamiyatga ega. Bugungi kunda qadimiy arxeologik yodgorlik hududi devor bilan o‘ralgan bo‘lib, Andijon viloyatining qadimiy tarixiga oid alohida muhofaza etiladigan hududlar ro‘yxatiga kiritilgan[2].

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]