Bibixonim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Saroymulkxonimdan yoʻnaltirildi)
Stamps of Uzbekistan, 2007-38.jpg

Bibixonim (asl ismi Saroymulkxonim) (13411408) — Amir Temurning katta xotini, Chigatoy ulusi xoniHozonxonnknt qizi. Dastlab amir Hazagʻotshg nabirasiXusayn ibn Musallabga (1355), keyin (Husayn qatl etilgach) Amir Temurga nikohlangan (1370). Shu bone Amir Temur "Kuragon" unvoniga musharraf boʻladi. Zotan xon avlodiga mansub Saroymulkxonim haramdagi barcha malikalardan ulugʻ hisoblanib, "Katta xonim" yoxud "Bibixonim" degan unvonga noil boʻladi.

Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, B. oʻz zamonasining yuksak idrokli, farosatli, tadbirkor, maslahatdon va yetuk aklzakovat sohibasi, shuningdek, husnlatofat bobida ham benazir edi. B. insonparvar, vatanparvar, mamlakatning siyosiyijtimoiy, ik^isodiy va madaniy hayotidan yaxshigina xabardor boʻlgan, saltanat ishlarida dono maslahatlari bilan qatnashib turgan ayol edi. Ayniqsa, ilmmaʼrifatga aloxida eʼtibor berar, tolibi ilmlarga homiylik qilardi. Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlarida koʻpincha hamrohlik qilgan. B. saltanatni boshqarishda vujudga kelgan ayrim muammolarni hal qilishda oʻzining oqilona maslahatlari bilan faol qatnashgan. Amir Temur B.ga oshkora boʻysunmasada, biroq uning oqilona maslahatlariga oʻzida qandaydir ehtiyoj sezib turgan.

B. oʻz jamgʻarmasi hisobidan Samarqandda ulkan Madrasa (q. Bibixonim madrasasi) qurdirgan.

B. farzand koʻrmagan boʻlsada, sohibqiron oʻz nabiralari — Muhammad Sulton, Xalil Sulton, Ulugʻbek va boshqa mirzolarni bevosita zukko B. tarbiyasiga topshirgan edi.

Samarqandda Amir Temur B.ga atab qurdirgan Bibixonim jome mayejidi mavjud. B. haqida xalq orasida koʻplab rivoyatlar saqlanib qolgan.

Turgʻun Fayziyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil