Sarichelak qoʻriqxonasi
Xato: blok «Qoʻshimcha» andoza Geokarda yoʻq.
Sarichelak qoʻriqxonasi qirgʻizcha: Сары-Челек биосфералык коругу | |
41°51′26.28″N 71°58′45.48″E / 41.8573000°N 71.9793000°E | |
Mamlakat | Qirgʻiziston |
Maydon | 238,86 km² |
Tashkil topgan sanasi | 1 959 |
Sarichelak qoʻriqxonasi (qirgʻizcha: Сары-Челек биосфералык коругу)- JanubiGʻarbiy Tyanshan, Qirgʻizistondagi qoʻrikxona. 1960-yilda togʻ yongʻoqzorlari va mevazor urmonlarni asrash maqsadida tashkil etilgan. 1978-yildan biosfera qoʻriqxonasi. Maydoni 23,9 ming ga, shu jumladan, oʻrmonzorlar 7148 ga. Chatqol tizmasining shim.sharqiy qismida joylashgan. Quyi chegarasi dengiz sathidan 1200 m balaandlikdan oʻtadi, eng baland nuqtasi — 4247 m (Mustur togʻi). Eng yirik koʻli — maydoni 507 ga boʻlgan Sarichelak koʻli. Sarichelak qoʻriqxonasida 1000 dan ziyod oʻsimlik, shu jumladan, 150 daraxt va butalar turi bor. 2100 m balandlikkacha yongʻoqzor va olmazorlar uchraydi. 2100–3000 m balaandlikda subalp mintaqasi boʻlib, oqqaragʻay va qoraqaragʻay oʻrmonlari, undan yuqorida har xil oʻtboshoqli oʻtloklar bor. Hayvonlarning 40 dan ortiq, qushlarning 160 dan ortiqturi yashaydi. Hayvonlardan yovvoyi choʻchqa, yelik, togʻ echkisi, arhar, oq tirnoqli ayiq, boʻrsiq, jayra, sugʻur, qushlardan ular, kaklik, koʻk qush va boshqa bor. Baqor va kuzda koʻllarga suv parrandalari uchib keladi. Oldindan qorabaliq boʻlgan koʻl va daryolarida sazan hamda karp iqlimlashtirilgan. Togʻ oʻrmonlari va oʻtloqlarining ekotizimlarini ilmiy oʻrganish, yongʻoqzorlar va mevazorlarni tiklash ishlari olib boriladi.
Abdushukur Xonazarov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |