Sarichelak
Sarichelak — Chatqol tizmasining janubiy yon bagʻridagi chuchuk suvli koʻl, Qirgʻizistonda. Arkit daryosi boshlanish qismida, dengiz sathidan 1925 m balandlikda togʻ qulab, daraning toʻsilib qolishi natijasida 10 ming yil oddin hosil boʻlgan. Uz. 7,5 km, eng keng joyi 2280 m, maydoni 4,9 km². Eng chuqur joyi 244 m. Qirgʻoqlari aksari tik, baʼzi joylarida qoʻltiq va buxtalar bor. Qirgʻoq chizigining uz. 21 km. S.ga Sarichelak daryosi quyilib, Toshkoʻl daryosi oqib chiqadi. May oyida suvi koʻpayadi. Dekabrdan aprelgacha muzlaydi. Suvining temperaturasi avgustda 19,8°, fevralda 0° atrofida. Koʻlda sazan, karp, sarichelak marinkasi, suvilon bor. S. Sarichelak qoʻriqxonasi tarkibida.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |