Sardor Rustamboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Sardor Mirzayusupovich Rustamboyev
 Oʻzbеkistоnning Hindistondagi elchisi
 
Mansab davri
2024-yil 26-yanvardan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Dilshod Ahatov
 Oʻzbеkistоnning Fransiyadagi elchisi
 
Mansab davri
2018-yil 29-iyundan
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Bosh vazir Abdulla Aripov
Oʻtmishdoshi Ravshan Usmonov
Vorisi ?
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-avgust 1979-yil (1979-08-10) (44 yosh)
Toshkent

Sardor Mirzayusupovich Rustamboyev (10-avgust, 1979-yil, Toshkent) — oʻzbek diplomati. 2024-yildan Oʻzbekistonning Hindistondagi elchisi. 2018-yildan 2024-yilgacha O‘zbekistonning Fransiya va Portugaliyadagi favqulodda va muxtor elchisi[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1979-yil 10-avgustda Toshkentda tugʻilgan.

Maʼlumoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yilda Buyuk Britaniya Birmingem universitetida Siyosatshunoslik va xalqaro munosabatlar boʻyicha bakalavr darajasini olgan, 2003-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti magistraturasini tugatgan.

2008-yilda Buyuk Britaniya London universiteti Sharq va Afrikashunoslik maktabi magistraturasini tugatgan.

2005-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasida siyosiy fanlar nomzodi darajasini olgan.

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000—2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida 3-kotib, referent, attashe.

2006—2009 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi 2-kotibi.

2010—2014 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 1-kotibi.

2014—2017 — Shanxay hamkorlik tashkiloti kotibiyati katta eksperti.

2017—2018 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining ShHT va MDH departamenti Xalqaro siyosat va xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i.

2018-yil 29-iyundan — 2024-yil 26-yanvargacha O‘zbekiston Respublikasining Fransiya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi. 3-sentabr kuni Fransiya Prezidenti Emmanuel Macronga ishonch yorligʻini topshirdi[3].

2020-yildan — 2024-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining Portugaliya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[4]. 20-iyul kuni prezident Marcelo Rebelo de Sousaga ishonch yorligʻini topshirdi.

2024-yil 26-yanvar kuni Hindistonga elchi etib tayinlandi[5].

Ingliz, rus va fransuz tillarini biladi.

Uch nafar farzandi bor.

Oilasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Otasi Mirzayusuf Rustamboyev — huquqshunos, yuridik fanlar doktori, professor. 2021-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshligʻi, polkovnik[6][7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]