Salla
Navigatsiya qismiga oʻtish
Qidirish qismiga oʻtish
Salla (fors. — tugun) — musulmon erkaklarning bosh kiyimi. Sidirgʻa (oq, yashil, kulrang va boshqalar) mato (asosan, doka)dan tayyorlanadi, eni 0,5 metr, uzunligi 1,5—3 metrdan 7 metrgacha oʻlchamda boʻladi. Sallani doʻppi, kuloh, telpak ustidan, ayrim joylarda (Hindiston, Pokiston va boshqalarda) bosh kiyimsiz yalang boshga oʻraladi. Hukmdor, vazir, amaldorlarning unvoni va lavozimiga qarab sallaga qimmatbaho toshlar (gavhar, yoqut va boshqalar), ukpar ham taqilgan. Sallaning oʻramlar soni va oʻralish usuli, matosi diniy mazhablarni hamda kishilarning ijtimoiy mansubligini bildirgan (masalan, said, hojilar yashil rangli salla oʻragan).[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |