Telpak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Telpakerkaklarning issiq (moʻynali) bosh kiyimi; yumalok, tepa va moʻynali jiyakdan tuzilgan. Teri charm ulgi yordamida bichiladi. Tepa qismi kalta tukli moʻyna (asosan, qorakoʻl)dan, jiyagi qunduz moʻynasidan tikiladi; astariga uzun tukli (qoʻy yoki tulki) moʻyna ishlatiladi. ToshkentFargʻona mintaqasida tepa kismi 4 boʻlak qilib bichiladi, ular oʻzaro ulab tikilganda, qobirgʻalar xreil qiladi. Baʼzi T.larda tepa qismiga baxmal, jiyagiga uzun tukli (tulki, suvsar) moʻyna ishlatiladi, baʼzilari mato (movut)dan tikilib, qaytarmasiga qoʻy moʻynasidan foydalaniladi; baʼzan fakat ichiga moʻyna qoplanib, moʻynali jiyaksiz T. tayyorlanadi. Xorazmda choʻgirma, baʼzi joylarda qad. bosh kiyimi sifatida boʻrk deb ham ataladi.