Buxoro teatri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Buxoro teatri, Sadriddin Ayniy nomidagi davlat musiqali drama va komediya teatri — to‘ng‘ich oʻzbek professional teatrlaridan. 1921 yil F. Xujayev tashabbusi bilan havaskorlar guruhi asosida tashkil qilinib, 1922 yil "Tuhmatchilar jazosi" (Hamza) spektakli bilan ochilgan. Ikkinchi spektakli "Turkiston tabibi" (M. Uyg‘ur, 1923). Tashkilotchisi va badiiy rahbari — Mannon Uygur. h.Latipov, L. Nazrullayev, N. Rahmonov, L. Latipov, S. Tabibullayev, N. G‘aniyev va boshqa teatrning ilk ijodkorlari bo‘lib, teatr taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdilar. 1924 yilda teatrning bir guruh aktyorlari Moskvadagi oʻzbek drama studiyasiga o‘qishga yuboriddi. 1930 yilning oxirigacha kichik pesa va konsert dasturlari bilan kifoyalandi. Drama studiyasini tugatgan aktyorlar (B. Xo‘jayev, S. Abdullayev, A. Olimova, B. Jamolov, M. Musayev va boshqalar) qaytgach (1930), teatr tom ma’noda professional teatr maqomiga ega bo‘ldi. Ular sahnalashtirgan "Isyon" (D. Furmanov va S. Polivanov), "Zo‘raki tabib" (J. Moler), "Qon va suv" (L. Sayfullina) spektakllari teatrning professionallik darajasini yanada mustahkamladi. 1931 yil Ya. Bobojonov badiiy rahbar, Sh. Shorahimov esa bosh rassom etib tayinlandilar. 30- yillarning o‘rtalari teatr ijodiy faoliyatida burilish davri bo‘ldi. Realizm uslubini chuqur egallash, erishilgan ijodiy muvaffaqiyatlarni mustahkamlash borasida jiddiy ish olib borildi. Shu ijodiy jarayon davomida oʻzbek dramaturgayasi, rus va chet el mumtoz asarlari aktyorlarning ijro mahoratini oshishida, teatr jamoasining o‘z ijodiy yo‘nalishiga ega bo‘lishida muhim rol o‘ynadi. 1936 yildan teatr "musiqali drama teatri"ga aylantirildi. Shu yillari teatr jamoasi A. Xo‘jayeva, S. Yarashev, A. Oxunov, N. Ne’matova, A. Atoyev, Z. Soliyeva kabi ijodkorlar bilan boyidi. Urush yillari o‘zbek xalqining mardonavor kurashi aks ettirilgan asarlar sahnalashtirilgan bo‘lsa, tinch qurilish davrida repertuar mavzu jihatdan boyidi. Asosiy e’tibor davrning dolzarb muammolariga qaratildi, xalqimizning fidokorona mehnati, axloqiy va ma’naviy go‘zalligi, tinchlik, insonparvarlik g‘oyalariga intilish spektakllarda o‘z ifodasini topdi. "Layli va Majnun" (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier musikasi), "Ravshan va Zulxumor" (K. Yashin; T. Sodiqov musiqasi), "Kurbon Umarov" (S. Abdulla, Chustiy; T. Jalilov musiqasi), "Oltin ko‘l" (Uyg‘un, M. Leviyev musiqasi); "Shohi suzana", "Og‘riqtishlar" (A. Qahhor), "Yurak sirlari" (B. Rahmonov), "Oftobxon" (K. Yashin; X. To‘xtasinov musiqasi), "Boy ila xizmatchi" (Hamza), "Alisher Navoiy" (Uyg‘un, I. Sulton), "Imon" (I. Sulton) va boshqa spektakllar saxnalashtirildi. 1958 yil teatrga Sadriddin Ayniy nomi berildi.60—70- yillar teatrning mustaqil repertuar yaratish borasidagi ijodiy izlanishlari o‘z samarasini berdi va

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil