Musayev Meli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Musayev Meli (1914.1.1 — Toshkent — 1969.17.12) — teatr rassomi, Oʻzbekiston xalqrassomi (1950). Samarqand rassomlik bilim yurtida oʻqigan (1928—30). 1931 yildan Oʻzbekiston davlat musikali teatrida ishlagan. Dastlabki yirik ishi — "Farhod va Shirin" (1937, Xurshid) spektaklini (ustozi S.Afanasyev bilan hamkorlikda) bezagan. M. yaratgan sahna bezaklari yorqinligi, mahobatli va taʼsirchanligi, spektakl ruhiga mosligi bilan diqqatga sazovor: "Nargiz" (1939, M.Ma-gomayev), "Oq bilak" (1943, S. Vasilenko), "Gulsara" (1949, T.Sodiqov va R.Glier), "Yetti goʻzal" (1955, Q.Qorayev), "Maysaraning ishi" (1959,S.Yuda-kov), M.Ashrafiyning "Dilorom" (1958), "Shoir qalbi" (1967), "Sevgi tumori" (1969, Hamza mukofoti, 1970), "Xorazm qoʻshigʻi" (1964, M. Yusupov) va boshqa[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil