Kontent qismiga oʻtish

Saʼdulla Abdullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Abdullayev Saʼdulladan yoʻnaltirildi)

Saʼdulla Abdullayev (12-may 1945, Toshkent) — rassom, Oʻzbekiston Badiiyot akademiyasi haqiqiy aʼzosi (1997). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1961—66) va Leningrad (hoz. Sankt-Peterburg)dagi I. Repin nomidagi rassomlik, haykaltaroshlik va meʼmorlik instituti (1967—73)da taʼlim olgan. 1973-yildan M. Uygur nomidagi Sanʼat institutida pedagog, 1997-yil sentyabrdan Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn institutida Ijodini teatr dekoratsiyasi sohasida boshlagan. Abdullayev Navoiy teatrining „Soʻgʻdiyona qoploni“, „Layli va Majnun“ spektakllariga sahna bezaklari uchun andazalar tayyorlagan. A. rangtasvirda samarali ijod qiladi: yoshlar hayoti va kundalik faoliyati, ruhiyati aniq tasvirlangan („Toshkentim“ uchligi — triptixi: „Anhor boʻyida“, „Yosh onalar“, „Favvoralar“ va boshqalar) hamda oʻzbekona milliy ruh bilan sugʻorilgan („Oilam“, „Buvam ertaklari“, 1985 va b.) asarlar, portretlar („To-liba“, „Husnoro portreta“ va b.), manzaralar („Teatr maydoni tong otarda“, „Teatr maydoni“, „Teatr maydoni oqshom paytida“ va b.) muallifidir. Abdullayev ijodida tarixiy mavzu alohida oʻrin tutadi: „Navoiy va Husayn Boyqaro“ (1988), „Navo-iyning Samarqanddan qaytishi“ (1989), „Samarqand bahori“ ikkiligi (diptixi, 1992), „Amir Temur Bibixonim masjidi qurilishini kuzatmoqda“ (1993), „Amir Temurning dafn etilishi“ (1996) va boshqalar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil