Nazokat Neʼmatova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Nazokat Neʼmatova (21-mart 1922-yil - Buxoro — 31-yanvar 2002-yil) — Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Sahna faoliyatini Buxoro yosh tomoshabinlar teatrida boshlagan (1938). 1941 yildan Buxoro viloyat musiqali drama va komediya teatrida. Yokimli shirador ovozi (dramatik soprano) drama bilan bir qatorda musiqali dramalarda ham rang-barang lirik qaxramonlar obrazini yaratish imkonini bergan. Gulnor (Sh. Saʼdulla, xalq musiqasi, "Yoriltosh"), Layli (Xurshid; T. Sodiqov, R. Glier, "Layli va Majnun"), Zuhra (S. Abdulla; T. Jalilov, "Tohir va Zuxra"), Shirin (Komil Yashin; Yu. Rajabiy, B. Nadejdin, "Farhod va Shirin"), Sanam (A. Bobojon; K. Otaniyozov, "Aziz va Sanam"), Sonni (B. Gargi; M. Ashrafiy, "Mirza Izzat Hindistonda") kabi bosh qahramonlar siymosini gavdalantirgan. Dramalarda Jamila ("Boy ila xizmatchi"), Guli ("Alisher Navoiy"), Katerina ("Momoqaldiroq") singari obrazlar yaratgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil