Rustamxon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Rustamxon — oʻzbek qahramonlik romantik dostonlari turkumiga mansub asar. taxminan 1516-asrlarda yaratilgan. Maʼlum gʻoya va voqelikka asoslangan epik syujet negizida yaratilgan 5 ta doston („Murodxon“, „Rustamxon“, „Sultonxon“, „Oftob pari“, „Rustamning yaralanishi“) dan iborat. Ular bosh qahramon Rustamxon va uning qarindoshlari (onasi Huroyim, xotini Oftoboy, otasi Sultonxon, bobosi Murodxon), yurti (Oqtosh) atrofida birlashgan. Rustamxon dostonlarida vatanparvarlik gʻoyalari ilgari surilgan, mardlik, chin sevgi, adolat ulugʻlangan. Rustamxon turkumi dostonlaridan „Murodxon“ (1928) va „Rustamxon“ (1937) Fozil Yoʻldosh oʻgʻliga yozib olinib, nashr etilgan (1965). Rustamxonning Mallaboy Hoshimov, Melash Ermatov, Olim Haqqulov kabi dostonchilardan yozib olingan variantlari ham bor. Ular Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot institutining folklor arxivida saqlanadi.[1]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Obidova M., „Rustam“ turkumidagi dostonlar, Toshkent, 1982.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil