Vatanparvarlik
Jump to navigation
Jump to search
Vatanparvarlik — kishilarning ona yurtiga, oʻz oshyoniga muhabbati va sadoqatini ifodalaydigan tushuncha. V. barcha kishilar, xalq, millatlar uchun umumiy boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan V. kishilarning oʻz vatanlari taqdiri bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham bejizga aytishmagan
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |