Rukniddin Samarqandiy
Rukniddin Samarqandiy, Abu Homid Muhammad al-Amidiy (? — 1218.15.9, Buxoro) — faylasuf olim, diniy arbob. Bir necha vaqt Hindistonga ketib sulton Alouddin Mardon I (hukmronlik davri 1208— 1211) huzurida Bengaliyaning poytaxti Lahnati Gʻavrda qozilik qilgan. Umrining keyingi qismi Buxoroda oʻtgan. R.S. dialektika sohasida bir qancha asarlar yozgan. Uning arab tilida yozilgan "Irshod fi ilm alxilof valjadal" ("Ixtilof va dialektika uchun qoʻllanma"), "anNafois filjadal" ("Dialektika haqida nafis fikrlar") asarlari Sharqld mashhur boʻlgan. Hoji Xalifaning yozishicha, R.S. dialektika boʻyicha birinchi boʻlib asar yozgan olim hisoblanib, Sharqda uning kitoblariga koʻplab sharhlar bitilgan.
Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |