Roman Xmel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Roman Valentinovich Xmel (1969-yil 22-dekabr) — sovet va ukrainalik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Ukrainaning bir qator oliy va birinchi liga klublaridagi o‘yinlari bilan tanilgan Rossiyaning bir qancha quyi divizion klublarida, hamda qisqa muddat Belarus oliy ligasi va O‘zbekiston chempionati oliy ligalari, Isroilning „Makkabi“ (Yaffa) klubida ham toʻp surgan.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Roman Xmel futbolchilik faoliyatini Korsun-Shevchenkovskiy shahridagi „Temp“ havaskor futbol klubi tarkibida boshlagan. Keyin Vinnitsaning „Integral“ va Sumining „Ximik“ havaskor jamoalarida oʻynagan. Professional futboldagi debyutini 1991-yilda SSSR Ikkinchi ligasida Sumining „Avtomobilist“ klubi tarkibida oʻtkazgan. 1992-yilda Xmel ushbu klubdagi oʻyinlarini Ukraina Birinchi ligasida davom ettirgan. 1992-1993-yilgi mavsumning birinchi yarmida futbolchi Ujgorodning „Zakarpattya“ klubida, ikkinchi yarmida Bila Tserkvaning „Ros“ jamoasida oʻynagan. 1994-yil boshida Xmel qisqa vaqt davomida Belorussiyada mahalliy „Vedrich“ klubida Oliy ligada oʻynagan. 1994-yilda futbolchi Ukraina Oliy ligasida Rivnening „Veres“ jamoasida bitta oʻyin oʻtkazgan va keyinchalik Aleksandriyaning „Poligraftexnika“ jamoasida birinchi ligada oʻynashni davom ettirgan. 1995-yilda boshqa Premer-liga klubi — „Volin Lutsk“ ga oʻtgan, lekin klubda atigi 2 ta oʻyin oʻtkazgan[1] va jamoani tark etib, oʻzini Isroildagi Yaffa shahrining „Makkabi“ jamoasida sinab koʻrishga qaror qilgan. Xmel yangi klubida bir yarim yil oʻynagan, shundan soʻng Yekaterinburgning „Uralmash“, keyin esa Noginskning „Avtomobilist“ klubiga oʻtgan. Futbolchi ikki yil davomida Oʻzbekiston Oliy ligasining shu nomdagi „Andijon“ klubida toʻp surdi. Ukrainaga qaytib kelgach, Roman qisqa vaqt ichida Jitomirning „Polesye“ va „GPZ Varva“, „Nejin“ va Xersonning „Ukrrichflot“ havaskor jamoalarida oʻynagan. 2004-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. FK „Volin“ 1995: statistika
  2. „Хмель Роман Валентинович, 22.12.1969, футболист“. http://footballfacts.ru/. FootballFacts.ru вся информация на одном сайте. Qaraldi: 2019-yil 18-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Profil na sayte FootballFacts.ru