Belaya serkov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Belaya serkov — Ukrainaning Kiyev viloyatidagi shahar (1925 yildan). Ros daryosi boʻyida. Belaya serkov stansiyasi. Aholisi 205 ming kishi (1999). Shahar 1155 yildan maʼlum, 1363 yildan Litva va Polsha, 1793 yildan Rossiya qoʻl ostida boʻlgan. Belaya serkovda rezina (shu jumladan shina), mashinasozlik (qishloq xoʻjaligi mashinalari va elektrotexnika) sanoati, qurilish materiallari, yengil sanoat korxonalari bor. Belaya serkov instituta, teatr, oʻlkashunoslik muzeyi, "Aleksandriya" dendroparki mavjud. Iqlimiy va balneologiya kurorti bor.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil