Ujgorod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ujgorod

Ujgorod — Ukrainaning Zakarpatye viloyatipagi shahar, viloyat markazi. Sharqiy Karpat togʻlarining etagida, Uj daryosining har ikkala sohilida. Transport yoʻli stansiyasi. Shosse yoʻllari chorrahasi. Aeroport bor. Aholisi 117,3 ming kishi (2001).

Arxeologik tekshirishlarga qaraganda U. 8—9-a.larda barpo qilingan va oʻsha davrdan Kiyev Rusi, 11a. oxiridan Vengriya qirolligi tarkibida. 18-a. boshlarida Avstriya (1867 yildan Avstriya-Vengriya) qoʻl ostida. 11-a.dan 1918 yilgacha Ungvar deb atalgan. 1938 y. noyabrdan Vengriya tarkibida. 1944 yildan Zakarpatye Ukrainasi tarkibida USSR ga kirgan, 1946 yildan Zakarpatye viloyati markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: yogʻochsozlik va mebel (faneramebel kti), mashinasozlik va priborsozlik ("Ujgorodpribor", gaz apparaturasi), yengil sanoat (poyabzal, tikuvchilik f-kalari), uyroʻzgʻor kimyosi, furnitura zavodlari, oziq-ovqat (goʻsht, non ktlari; margarin zavodi) sanoati. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Shahar atrofida tokzorlar bor. Unt, 2 teatr, badiiy, xalq meʼmorligi va turmushi, oʻlkashunoslik muzeylari, filarmoniya mavjud. Meʼmoriy yodgorliklardan: kasr (11-a.), kostyol (1762—67), yepiskop saroyi (hozirgi Un-t kutubxonasi, 17-a.) saqpangan.